Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qilgan.
Shundan so‘ng deputatlar Namangan viloyati hokimining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Jahongir Rizayevni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod etish hamda Muhammad Haydarovni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqullagan.
Muhammad Haydarov hozirga qadar Namangan tumanidagi “Olaxamak” MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2023-yil dekabrda Anvarjon Otaxo‘jayev Namangan shahar hokimi etib, G‘ofur Jamolov va Jamshid Xotamov Namangan viloyati hokimi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh (0)