• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining yopilishi, uning o‘rniga “Jadid” gazetasining tashkil etilishi yuzasidan Iqbol Mirzo izoh berdi

    Bundan 100 yillar avval millatni uyg‘otish, Turkistonni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shish istagida yonib-kuygan millatparvar bobolarimiz jadidlar sifatida maydonga chiqishgan edi. Ming afsus va nadomatlar bo‘lsinki, manfur sovet hukumati ularni mahv etdi va qatag‘on mashinasida jismonan yo‘q qilib yubordi.

    So‘nggi vaqtlarda jadidlarga, to‘g‘rirog‘i, o‘zligimizga qaytish boshlandi. Ularning milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalarini o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish borasida sezilarli qadamlar tashlanmoqda.

    Yaqindagina, 2024-yilning yanvar oyidan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi negizida “Jadid” nomli gazeta chop etila boshladi. Gazetaning bosh muharriri, xalq shoiri Iqbol Mirzo “Daryo” muxbiri bilan suhbatda gazetaning ta’sis etilish sabablari va uning istiqboldagi rejalari haqida gapirib berdi.

    “Illatlarga qarshi kurashish — birinchi navbatda, ziyolilarning vazifasi”

    Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda “Voy-dod, shunday gazeta yopildi”, degan gaplar quloqqa chalinmoqda, ko‘zga tashlanmoqda. Bu degani adabiyotga, san’atga munosabat o‘zgardi, degan gap emas. Gap shundaki, birinchidan, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining ahvoli yaxshi emas edi, obunasi juda ham kam. Meni hayron qoldiradigan tomoni — mana shu dod-voy ko‘tarayotgan, adabiyotni ichida yurgan do‘stlarimizdan menga murojaat qilganlariga “shu gazetaga obuna bo‘lganmidingiz?” deb so‘raganimda “Obuna bo‘lish shaxsiy ishim, gazeta nimaga yopiladi?” deb javob berishdi. Men aytdimki, gazeta yopilgani yo‘q, qaytaga qulochini kengroq yoydi. Bu gazeta “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” bo‘lib, ustozimiz Abdulla Oripov aytganidek, “Ikki daryo oralig‘ida qog‘oz shaklida qolib ketayotgan” edi. Bugun biz buning elektron versiyasini butun dunyoga tarqatish imkoniyatiga egamiz va adadimiz 25 baravar ko‘proq — 16 ming nusxada (12 ming nusxasi lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek imlosida, 4 ming nusxasi esa kirill alifbosida) nashr etilmoqda. Qolaversa, bu gazeta shoir va yozuvchilarning minbari. Faqat bu minbar yuksakroq, ovozi ko‘proq tarqaladigan, keng ommaga yetib boradigan bo‘ldi.

    Maqsadimiz — ijodkorlarimizni, qardosh va dunyo qalamkashlarini kengroq yoritish. Gazetaning har bir sonida ko‘rinib turibdiki, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida adabiyotga berilgan e’tibordan kam e’tibor qaratayotganimiz yo‘q. Ham mumtoz, ham zamonaviy adabiyotni, yoshlarimizning ijod namunalarini chetda qoldirayotganimiz yo‘q. Umuman olganda, Cho‘lpon domlaning “Adabiyot nadir?” degan mashhur maqolalari bor. Xuddi shu savol bugun qo‘yilsa, adabiyot bu millatni (o‘zbekning va o‘zimning nuqtayi nazarimdan aytaman) ma’naviy inqirozdan olib chiqadigan kuch bo‘lishi, ezgulikka xizmat qilishi kerak. Bu umumiyroq gap. Xullas, o‘zbekcha qilib aytadigan bo‘lsam, adabiyot odamlarni birlashtirishi, yaxshilikka yetaklashi kerak. Mana shu ma’noda, maqsadni kengroq olib, jadidchilik g‘oyalarini oldik.

    Jadid bobolarimizning — bizga ma’lum bo‘lganlarining aksari ijodkorlar bo‘lgan. O‘sha paytdagi eng zo‘r ijodkor qaysi desangiz, Cho‘lpon domla bo‘ladigan bo‘lsa — jadid, Qodiriy bobo deydigan bo‘lsak — jadid. O‘sha paytda eng zo‘r mutafakkir kim — Behbudiy jadid, Fitrat — jadid, Avloniy — jadid. Ularning fikrlari, g‘oyalari bugungi kunga ham muvofiq kelayotgan ekan, biz shu nom bilan adabiyotimizga va millatimizga xizmat qilishga bel bog‘ladik.

    O‘sha davrdagi, bundan 100 yil oldin jadid bobolarimiz muammo qilib qo‘ygan masalalar va unga gohida satira bilan, gohida ma’ruza bilan, gohida kitob bilan, gohida she’r bilan kurashilgan. O‘sha illatlar bugun ham ustuvor bo‘lib turibdi. Har bitta qadamda xuddi o‘shanday, hatto undan ham ko‘ra chuqurroq, undan ham ko‘ra battarroq bo‘lib ko‘zga tashlanib turibdi. To‘y masalasi deysizmi, bilimga, o‘qishga bo‘lgan munosabat deysizmi, maktabga bo‘lgan munosabat deysizmi, insonning insonga bo‘lgan munosabati, umuman, axloq masalasi deysizmi, 100 yil avvalgiga nisbatan yana ham tubanlashdi. Mana shu ma’noda o‘sha muammolar, bugun ham o‘sha illatlar, bugun ham o‘sha kurashish kerak bo‘lgan kun tartibida turgan eng katta hayotiy muammomiz. Bu illatlarga qarshi kurashish — birinchi navbatda, ziyolilarning vazifasi. U qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar.

    Biz illatlarga, tubanliklarga qarshi kurashish uchun minbarga ega bo‘ldik. Bu minbar hammamizniki.

    Iqbol Mirzo, “Jadid” gazetasining bosh muharriri

    18.01.2024, 19:03   Izoh (0)   7042
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 600 taga yaqin gazeta faoliyat yuritadi — Statistika qo‘mitasi

    09.09.2022, 00:24

    Avstriyada dunyodagi eng qadimgi gazetaning qog‘ozli versiyasi yopiladi

    15.06.2023, 20:47

    Sirdaryo hokimligining 60 yillik nashrlari — “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sirdarya” gazetasi jamoasi iqtisodiy tanglik sabab yoppasiga taʼtilga chiqdi

    23.06.2023, 18:26

    O‘zbekistonda avtomobillarni notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi 

    18.01.2024, 18:09

    Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun qanday choralar qo‘llash zarur? 

    18.01.2024, 17:19

    Toshkent—Bangkok aviareysi kechiktirildi 

    18.01.2024, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.