• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sirdaryo hokimligining 60 yillik nashrlari — “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sirdarya” gazetasi jamoasi iqtisodiy tanglik sabab yoppasiga taʼtilga chiqdi

    Sirdaryo viloyati hokimligining 60 yillik nashrlari — “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sirdarya” gazetalari jamoasi iqtisodiy tanglik sabab yoppasiga taʼtilga chiqdi. Bu haqdagi xabarni “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan tahririyatlar bosh muharriri Muhammad Ismoilov tasdiqladi.

    Tahririyat jamoasi.
    Foto: O‘zA

    Bosh muharrirga ko‘ra, tahririyatlarning 12 nafar xodimi 2023-yilning 15-iyun kunidan boshlab mehnat taʼtilida.

    “Iqtisodiy ahvol sabab shu qarorga keldik. Bir oydan so‘ng yana faoliyatimizni davom ettiramiz, degan niyatdamiz. Viloyat hokimi shu yilning fevral oyida ham, kuni kecha iyun oyining boshida ham tahririyat jamoasi bilan ko‘rishib, qo‘llab-quvvatlashini bildirgan”, — deydi gazeta bosh muharriri.

    “Yangi Sirdaryo” gazetasining qog‘oz shaklida chiqqan so‘nggi soni.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan boshqa manbaning aytishicha, gazeta jamoasining bir oylik taʼtildan qaytishi dargumon.

    “Gazetaning ahvoli juda og‘ir. Viloyat hokimi gazetani qo‘llab-quvvatlayman deganiga 4-5 oy bo‘ldi. Lekin shu muddat ichida tahririyatga bir so‘m ham bermagan. Qanday qilib jamoaning saqlanib qolishidan umid qilish mumkin?” — deydi gazeta jamoasiga yaqin manba.

    Manbaning aytishicha, aslida gazeta jurnalistlarining maoshi ham juda kam.

    Tahririyat jamoasi.
    Foto: O‘zA
    “Jurnalistlarning aksariyati nari borsa, 1,5—2 million so‘m maosh olishadi. Balki undan ham kamdir. Shu maoshni ham ularga ko‘p ko‘rishdi, shekilli. Viloyat hokimining gazetaga eʼtibori umuman yo‘q hisobi”, — deydi manba.

    Manbaning hisob-kitobiga ko‘ra, tahririyatning yillik xarajatlari nari borsa 300-400 million so‘mni tashkil etadi.

    “Yangi Sirdaryo” gazetasining qog‘oz shaklida chiqqan so‘nggi soni.
    Foto: Zafar Mirrahimov
    “Kimdir aytishi mumkin, Sirdaryo viloyatining iqtisodiy ahvoli boshqa viloyatlarga nisbatan ancha past deb. Lekin shu daromadi kam viloyat ham yiliga 700-800 million dollarlik eksportni amalga oshirmoqda. Qanchadan qancha ishlab chiqarishlari bor. Nahotki tahririyat jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun yiliga hech bo‘lmasa jami xarajatlarning yarmini qoplash imkoni bo‘lmasa?” — deydi u.

    Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevning matbuot kotibi Zafar Mirrahimov “Daryo” jurnalisti bilan bu haqda suhbatlashar ekan, hokimning tahririyatga eʼtibori juda yaxshi ekanligini taʼkidladi.

    Zafar Mirrahimov. 
    Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
    “Viloyat hokimi endi ish boshlagan payt, yil boshida ham tahririyat jamoasi bilan ko‘rishib, kamchiliklari borasida so‘ragandi. Va ularga ko‘mak berilishini, matbuot markazi ham tashkil etilishini aytgandi. Buy yil Sirdaryo viloyatining 60 yillik yubileyi nishonlanayotgani bois gazeta ham o‘shanda tashkil etilgani inobatga olinib, gazetaning ham 60 yillik yubileyini nishonladik. Shu munosabat bilan viloyat hokimi tahririyat jamoasi bilan ko‘rishib, imkon qadar ularga sovg‘a-salomlar ulashdi. Yana bir bor ularni qo‘llab-quvvatlashini aytdi”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.

    Zafar Mirrahimovning qo‘shimcha qilishicha, viloyat hokimi tahririyat jamoasi bilan suhbatlashganidan so‘ng homiylik mablag‘lari hisobidan 200 million so‘m miqdorida mablag‘ berilishini bildirgan.

    Tahririyat jamoasi viloyat hokimi bilan.
    Foto: O‘zA

    Gazeta bosh muharriri Muhammad Ismoilov 200 million so‘m miqdoridagi mablag‘ vaʼda qilinganini tasdiqladi. Ammo hozircha bu mablag‘dan darak yo‘qligini aytdi.

    “Haqiqatan ham, viloyat rahbari iyun oyining boshida tahririyat jamoasi bilan uchrashganida qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million so‘m miqdorida mablag‘ berilishini aytgandi”, — deydi bosh muharrir.

    Gazeta mas’uli hokim vaʼda qilgan mablag‘dan oz miqdorda bo‘lsa-da, berildimi, degan savolga, yo‘q deb javob berdi.

    Zafar Mirrahimov bu holatga izoh berar ekan, mablag‘ni to‘plash va uni tahririyat jamoasiga berish kechikayotganini tan oldi. Va tez orada vaʼda qilingan mablag‘ berilishini, tahririyat jamoasi esa yana ishga qaytishidan umidvorligini qo‘shimcha qildi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    23.06.2023, 18:26   Izoh (0)   7622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo hokimligi har xil turdagi gullar uchun qariyb 200 mln so‘mlik shartnoma tuzdi

    23.06.2023, 18:11

    Ishsiz fuqaro 7 yil ijtimoiy soliq to‘lasa, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi — Pensiya jamg‘armasi

    23.06.2023, 18:04

    Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy qildi 

    23.06.2023, 17:39

    Surxondaryoda YPX xodimi xizmat mashinasida avariyaga uchradi

    23.06.2023, 17:15

    Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga uch xonali uy sovg‘a qildi

    23.06.2023, 17:10

    O‘zbekistonda may oyida qancha elektr energiya ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

    23.06.2023, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH armiyasi havo operatsiyalarini boshqarishda sun’iy intellektni joriy etishi mumkin

    Dunyo | 6 avgust, 21:57

    Toshkentda nafaqaxo‘r qarindoshi nomiga 35 mln so‘m kredit olgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:40

    G‘azo aholisi suv yetishmovchiligiga duch kelyapti

    Dunyo | 6 avgust, 21:25

    Andijonlik fuqaro 10 yillik alimentni oldindan to‘ladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:15

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 6 avgust, 21:09

    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

    Reklama | 6 avgust, 19:30

    AQSH prezidentining Ukraina bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff Kremlda Putin bilan uchrashdi

    Dunyo | 6 avgust, 20:45

    “Eronning yerosti boyliklari 27,5 trln dollarni tashkil etadi” – Eron hukumati vakili

    Dunyo | 6 avgust, 20:35

    Parkinson kasalligini kislorod yetishmovchiligi bilan davolash taklif etildi

    Dunyo | 6 avgust, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.