Surxondaryoning 6 ta hududida tabiiy gaz taʼminoti yanada yaxshilanadi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, prezidentning 2023-yil 16—17-noyabr kunlari viloyatga tashrifida bergan topshirig‘iga asosan, “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 kilometr uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 kilometr qismi ishga tushirilmoqda.
Shu munosabat bilan 8-yanvar kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi barcha isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur ishlar kelgusida aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izoh (0)