Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Tashrif dasturi keng ko‘lamli. Iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi taʼminoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga eʼtibor qaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari mart oyining o‘rtalarida ham Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgandi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xo‘jaligida bo‘lgan, Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi qatnashgan edi.
Shuningdek, prezident Boysun—Denov yo‘nalishidagi yo‘llar sifati bo‘yicha odamlardan tushayotgan e’tirozlarni inobatga olib, o‘zi avtomobil haydab ko‘rgandi.
Izoh (0)