O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024-yil boshidan beri 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, ular (T.X., F.N., F.M., R.M., N.M., R.B., Sh.A. va N.D.) uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Ular orasida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan o‘zbekistonlik ayol N.M. ham bo‘lib, u xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida Turkiyaning Chanakkale viloyati hududida qo‘lga olingan.
Hozirda har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona jinoyatchilarga jazo muqarrar ekanligini, fuqarolardan esa qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanmaslikni va o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘radi.
Izoh (0)