Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida joylashgan 17-imkoniyati cheklangan bolalar maxsus internati o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat madhiyasini imo-ishorali nutq yordamida ijro etib berishdi.
Maktabning yakka tartibdagi mashg‘ulot o‘qituvchisi Zaynabxon Oripovaning aytishicha, his-tuyg‘ularni imo-ishoralarda ifodalash usullari o‘quvchilarga yoshligidanoq o‘rgatib boriladi.
“Bolalarni yoshligidan tayyorlov sinflarimizda rasm va videolar orqali qaysi imo-ishoralar va his-tuyg‘ularning bir-biriga mos kelishini o‘rgatib boramiz. Keyinchalik bolalar imo-ishoralarni o‘zlarida his qilishni boshlaydi”, – deydi Zaynabxon Oripova.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Davlat madhiyasining matni va musiqasi 1992-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekistonning Davlat madhiyasi mamlakat suverenitetining ramzidir. Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston fuqarosning vatanparvarlik burchidir.
Izoh (0)