• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gazlangan ichimliklarga aksiz solig‘i: Shakarga qarshi kurashmi yoki “qora bozor” importiga “yashil chiroq”?

    Joriy yilning noyabr oyida hukumatning 2024-yil 1-apreldan boshlab tarkibida shakar bo‘lgan ichimliklar uchun aksiz solig‘ini joriy etish rejalari juda ko‘pchilik tadbirkorlarning hayratiga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi ijrochi direktori, xalqaro munosabatlar va Yevropa tadqiqotlari fanlari magistri Alfiya Musina bu holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi. 

    Alfiya Musinaga ko‘ra, alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilari shakar iste’molini kamaytirish, qandli diabet va ortiqcha vaznga qarshi kurashishga qaratilgan barcha rejalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Ammo tabiiy savol tug‘iladi: nega bunday muhim hujjatni tayyorlashda va aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha jiddiy maqsadlarni qo‘yishda murojaatnoma mualliflari soha vakillari bilan hech qanday muloqot olib borishmagan? Tegishli mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilmagan, turli mamlakatlar tajribasi chuqur o‘rganilmagan. Hech kim bu masalani tadbirkorlar bilan muhokama qilishni xohlamadi. 

    Musinaga ko‘ra, o‘rnatilgan aksiz solig‘i shakar iste’molini kamaytirmaydi, shunchaki ortidan og‘ir iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqaradi — narx oshadi va ko‘plab investitsiyaviy dasturlarning qisqarishiga olib keladi.

    Narxlarning oshishi esa oqibatda xalqning cho‘ntagiga qo‘shimcha xarajat bo‘ladi. Mazkur aksiz solig‘i joriy qilinsa, sog‘lom turmush tarziga aniq yordam beradimi? 

    Alfiya Musina

    Murojaatnomadagi “Gazlangan ichimliklarga aksiz solig‘i” masalasi ikkita xatboshidan o‘rin olgan:

    “Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tarkibida shakar bo‘lgan salqin ichimliklar va boshqa turdagi shirinlashtiruvchi moddalar uchun qo‘shimcha soliq joriy etish bo‘yicha tavsiyasidan kelib chiqib, 2024-yil 1-apreldan boshlab tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklarga 1 litr uchun 500 so‘m aksiz solig‘i joriy etiladi.

    Mazkur aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarni to‘liq hajmda Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish taklif etilmoqda”. 

    Aslida esa, JSST tavsiyasida “boshqa turdagi shirinlashtiruvchi moddalar” haqida biror so‘z aytilmagan, faqat shakar haqida gapirilgan. Shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish millat salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi va sog‘liqni saqlash tizimiga yukni oshiradi.

    Ammo assotsiatsiyadan statistik ma’lumotlar so‘ralganda, O‘zbekistonda shirin gazlangan ichimliklar bozori rivojlanish bosqichida ekanligini, aholi jon boshiga qo‘shni Qozog‘istonnikidan ikki baravar kamligini ko‘rsatadigan raqamlarni keltirgan.

    O‘zbekistonda salqin ichimliklar iste’moli aholi jon boshiga 2,8 milliard litrni, Qozog‘istonda esa 3,1 milliard litrni tashkil etadi. O‘zbekiston an’anaviy ravishda choy mamlakati hisoblanadi. 

    2017-yilda O‘zbekistonda shakar iste’moli aholi jon boshiga 31 kg ni tashkil etgan. Shunga qaramay, mamlakatda shakarni iste’mol qilish tarkibi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Rossiya Federatsiyasi ma’lumotlari ishlatilgan. 2017-yilda shakar ishlab chiqarish iste’moli atigi 40,3 foizni, aholi iste’moli 51,5 foizni va eksport 8,2 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, alkogolsiz ichimliklar sanoati shakar aylanmasining atigi 1,5 foizini tashkil qiladi.

    Aholi shakarni asoan qandolat mahsulotlari, shirinliklar va qadoqlangan shakarli mahsulotlar orqali iste’mol qiladi. 

    “Biz vaqti-vaqti bilan shirin gazlangan ichimliklar ichamiz. Agar biz millatning sog‘lig‘i haqida bosh maqsad sifatida gapiradigan bo‘lsak, unda umuman shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishning zarari to‘g‘risida targ‘ibot kampaniyalari o‘tkazishimiz kerak”, — deydi Alfiya Musina.

     
    Uning so‘zlariga ko‘ra, gazlangan shakarli ichimliklarimizda shakar miqdori me’yorida bo‘lishi uchun ishlab chiqaruvchilarni ichimliklarning shirinligini kamaytirishga undash kerak, shunda bu rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi raqobatbardosh ustunlikka aylanadi. Aksiz solig‘ini tabaqalashtirilmagan holda joriy etish orqali hukumat faqat bitta narsaga erishadi — ishlab chiqaruvchilarda ichimliklardagi shakar miqdorini kamaytirish uchun hech qanday sabab bo‘lmaydi, sababi 5 gramm shakar qo‘shgan ham, 1,5 gramm qo‘shgan ham va “zero sugar” uchun ular bir xil soliq to‘laydilar. Qaytaga ko‘proq shakar qo‘shadiganlar faqat bitta raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lishadi — ular iste’molchiga yoqishi va xaridorgir bo‘lishi uchun ichimliklarni shirinroq qilishga yanada ko‘proq harakat qilishadi.

    Misol uchun, Fransiyada ham shunday bo‘lgan. 2012-yilda hukumat barcha ichimliklar uchun yagona soliqni o‘rnatgan, 2018-yilda esa tabaqalashgan soliq tizimini joriy qilishga majbur bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchida shakar qancha kam bo‘lsa, soliq ham shunchalik kam bo‘ladi.  Shunday yo‘l bilan ularda sanoat iste’molchilar uchun “kamroq shakar, kamroq kaloriya” yangi tendensiyasiga o‘tishga majbur bo‘lgan. Hozirda u yerda “zero sugar” ichimliklar iste’moli bozorning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.

    Masalan Daniya, Irlandiya, Norvegiya va Finlyandiyada soliq joriy qilingan, ammo ortiqcha vaznga qarshi kurashishda bu amaliyot foydasiz ekani anglab yetilgach, ular bu soliq turini bekor qilishgan. Meksikada esa 2014-yilda joriy qilingan soliqlar juda katta falokatli oqibatlarni keltirib chiqargan. 30 mingga yaqin kichik do‘konlar yopilgan, 50 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘q bo‘lib ketgan.

    Agar aksiz solig‘i solinsa, bizda nima bo‘ladi?

    Birinchi navbatda shirin alkogolsiz ichimliklarning kichik bozori qisqa muddatlarda kasodga uchraydi. Kichik ishlab chiqaruvchilar jiddiy zarar ko‘radi, yirik ishlab chiqaruvchilar esa investitsiya dasturlarini va yangi “zero sugar” mahsulotlari qatorini qisqartiradi. Mamlakat minglab yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Budjetga bir muddatlik foyda keltirishga urinishning keyingi bosqichi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pasayishiga va soliq tushumlari kamayishiga olib keladi. Sharbatlar, nektarlar va sharbatli ichimliklar ishlab chiqaradigan hamma kichik tadbirkorlik subyektlari ham yangi soliq va iste’molning pasayishiga dosh bera olmaydi.

    Ammo boshqa tomondan, “qora bozor” avj oladi. Qo‘shni mamlakatlardan aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan ichimliklar mamlakatga oqib kela boshlaydi, chunki narx farqi har doim savdo bilan shug‘ullanadigan odamlarni shunga majbur qiladi. 

    Ichimliklar bozorga Afg‘oniston va qo‘shni Qozog‘istondan to‘ldirilgan yuk mashinalarida olib kelinadi, aytgancha, aynan shu davlatlarda ham aksiz solig‘ini joriy qilmoqchi bo‘lishdi, ammo barcha ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rib chiqilgach, bu taklif rad etildi.

    Qozog‘iston Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari Aliya Mamitbayevaning aytishicha, tarkibida shakar bo‘lgan alkogolsiz ichimliklarga soliq joriy etilishi sanoat korxonalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U taqdim etgan hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu chora joriy etilganidan keyingi birinchi yilda soliq solinadigan baza 131,6 milliard tengedan 96,8 milliard tengegacha kamayadi.

    Shu bilan birga, faqat sanoatning o‘zida 12,6 mingga yaqin ish o‘rni, qo‘shimcha ravishda turdosh tarmoqlarda 7-10 ming ish o‘rni yo‘qotiladi.

    Alfiya Musinaning so‘zlariga ko‘ra, aksiz solig‘i kabi jiddiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda faqat JSSTning tavsiyalari asos qilib olinmasligi, barcha oqibatlar, shu jumladan, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar ham hisobga olinishi kerak.

    "Qora bozordagi gazlangan ichimliklar" 

    Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, bizda ham ushbu sohada ko‘p sonli kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etmoqda. 2023-yilga kelib mamlakatda shirin gazlangan ichimliklar, sharbatlar va sharbatli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 1021 tani tashkil etmoqda.

    Ularning aksariyati yangi soliq yukini ko‘tara olmaydi va “qora bozor”ga chiqib, "rasta ostida" mahsulot sotishga majbur bo‘ladi. 

    "Menimcha, soliq idorasi har bir ishlab chiqaruvchiga bittadan inspektor tayinlash uchun yetarli kuchga ega emas.  Keyin esa aslida biz qarshi kurashishimiz lozim bo‘lgan shakar tarkibini nazorat qilish imkoniyati yo‘qoladi. U kamaymaydi. Xarajatlarni kamaytirish uchun tadbirkorlar sifatni pasaytira boshlashadi. Kimyoviy bo‘yoqlar va arzon ta’mli qo‘shimchalar ko‘paygandan ko‘payadi. Xo‘sh, shundan keyin ham biz qanday sog‘lom turmush tarzi haqida gapirishimiz mumkin?” — deydi Alfiya Musina.

    Maqsadga qanday erishish mumkin?

    Barcha yirik ijtimoiy yo‘naltirilgan alkogolsiz gazlangan ichimliklar ishlab chiqaruvchilar sog‘lom turmush tarzi uchun qat’iy turishadi. Ularning har biri o‘z ijtimoiy dasturlarini amalga oshiradi — bu sport, ekologiya, ta’lim. 

    Katta o‘yinchilar o‘z oldilariga shakar miqdori nolga teng bo‘lgan ichimliklar qatorini yaratish, haddan tashqari shirin mahsulotlardan voz kechish tendensiyasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishmoqda va bu nafaqat ichimliklar, balki umuman shakar va qandolat mahsulotlarida ham joriy qilinmoqda.

    Buning natijasida mahsulotlardagi past shakar miqdori raqobatbardosh ustunlikka aylanishi lozim. Kichik va o‘rta biznes vakillari iste’molchilarning o‘zlari  to‘g‘ri ovqatlanishni talab qilayotganini tushunib yetsa, shundan so‘ng bu tendensiyalarga ergashishadi.

    Buning uchun esa, iste’molchilar uchun shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishning zarari to‘g‘risida samarali targ‘ibot kampaniyasi zarur. 

    “Ammo hozircha biz davlat idoralarining muloqotga kirishni xohlamayotganini ko‘rmoqdamiz. Bu esa, aksiz solig‘ining joriy qilishdan maqsad shunchaki hech narsaga qaramasdan, budjetdagi bo‘shliqni to‘ldirishga urinish deb taxmin qilishimizga asos yaratib bermoqda”, — deydi Musina. 

    Assotsiatsiya bu borada davlat bilan birgalikda ishlashga tayyorligini, zarur ma’lumotlar va raqamlarni taqdim etishini bildirgan. Shuningdek, ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga, qonun loyihasi bo‘yicha mutaxassis va ekspertlarga assotsiatsiya fikrini ham inobatga olishni so‘rab murojaat qilgan.

    30.11.2023, 19:02   Izoh (0)   5946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

    30.11.2023, 18:45

    Toshkentda 10 oy ichida bajarilgan qurilish ishlarining qiymati oshkor qilindi

    30.11.2023, 18:30

    Shavkat Mirziyoyev Dubayga jo‘nab ketdi

    30.11.2023, 18:24

    Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    30.11.2023, 17:28

    Foto: Parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha global forum

    30.11.2023, 17:01

    Toshkentga ishlash uchun kelgan 45 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi

    30.11.2023, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.