Toshkent shahri filologiya maktabi 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
27-noyabr kuni taxminan soat 18:15 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumtaʼlim maktabi 8-“I” sinf o‘quvchisi A.A. maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgandi.
STEning dastlabki xulosaga ko‘ra, bolaning o‘limi elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, chap qo‘l kaft sohasi elektr tamg‘asi natijasida yuz bergan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186- (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207- (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga kirishildi.
Izoh (0)