Buxoro viloyatiga Xitoydan 20 ta yangi avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni shu maqsadda Progress mega trans MCHJ tomonidan Xitoyning Zhongtong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan 20 dona avtobus sotib olindi. Ushbu avtobuslar Buxoro shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlar tarmog‘ida tasarruf etilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)