Toshkent shahrida 10 oy ichida salkam 30 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan, deb xabar bermoqda O‘zA.
Xabarga ko‘ra, poytaxtda 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 29 560,3 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘ldi:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 68,8 foiz ulushni tashkil etib, 20 343,8 milliard so‘mni;
- fuqarolik obektlarini qurish yo‘nalishi 15,7 foiz ulushni tashkil etib, 4 632,6 milliard so‘mni;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 15,5 foiz ulushni va 4 583,9 milliard so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)