Toshkentda Inkuzart taxallusi ostida ijod qiluvchi ko‘cha rassomi navbatdagi ishini Falastin—Isroil mojarosiga bag‘ishladi.
Muallif unda Isroil harbiysi hamda yuragini qo‘lida tutib turgan falastinlik bolakayni tasvirlagan. Izoh sifatida Inkuzart prezident Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltiradi:
“Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qatʼiy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi va Xavfsizlik kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”.
Rolik oxiriga rassom tinchlikka chorlovchi xalqaro belgini joylashtirib, tomonlarni murosaga kelishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning sentabr boshida @inkuzart O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliyaga bag‘ishlangan strit-art chizgandi. Unda mashina uchun uzun navbat va navbat boshida qizil shapkali inson tasvirlangandi. Keyinroq ushbu tasvir to‘liq o‘chirib tashlangan, poytaxt hokimligi va “O‘zavtosanoat” bu ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)