• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jamoatchilikning keskin chiqishlari fonida Inkuzart’ning Zelenskiy va Putin aks etgan surati o‘chirildi

    Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Inkuzart taxallusi ostida ijod qiluvchi ko‘cha rassomining Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin tasvirlangan yangi graffitisi paydo bo‘lgani xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ijod namunasi o‘chirilgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi.

    Foto: Telegram

    Muallif surat chizish jarayoni aks etgan postda “Kim haq yoki nohaq — bu qaysi tomondan qarashga bog‘liq”, deb rus va ukrain tillarida izoh yozib qoldirgan.

    Surat o‘chirilganidan keyingi holat

    Surat o‘chirilganidan keyingi holat
    Foto: Telegram

    Ijod namunasi jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo‘ldi. Bir qator faollar va fikr yetakchisi bo‘lgan blogerlar Inkuzart hamda u chizgan suratni tanqid qilib, hatto, muallifni Rossiya propagandisti sifatida ta’riflamoqda. Jumladan, tadbirkor, Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimovning fikricha, hech bir nuqtayi nazar urushni tushuntirishga yoki oqlashga harakat qilishi kerak emas.

    “Agressiya, qotilliklar, millionlab begunoh qurbonlarning cheksiz iztiroblari, tinch aholiga qarshi urush jinoyatlariga qay tomondan qaramaylik, shundayligicha qolaveradi. Chunki bu falsafiy tortishuv yoki mavhum qarashlar to‘qnashuvi emas, bu hech qaysi axloq tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydigan haqiqiy urush.

    Buni men hurmat qilgan ijodkor qilganidan ikki karra afsusdaman”, deb yozadi u Facebook’dagi sahifasiga joylagan postida.

    Iqtisodchi Yuliy Yusupov holatga munosabat bildirib, har kimda ham o‘z “haqiqati” borligini, bu esa har qanday jirkanchlikni oqlab bera olishini aytgan.

    “Albatta, har kimning o‘z haqiqati bor. Zo‘ravon sifatida o‘n va balki yuz minglab odamlarning o‘limida aybdor bo‘lgan, hokimiyatni saqlab qolish uchun ummonlarcha qon to‘kishga tayyor, lekin joni shirinligidan o‘zi bunkerda qo‘rqoqlarcha titrab o‘tiradigan diktator-manyakda ham, yoki o‘z xalqini omon qolish va ozodlik uchun yetaklagan prezidentda ham. Agar siz manyakning nuqtai nazardan qarasangiz, haqiqat kannibalizm, qotillik, zo‘ravonliklarni oqlaydi.

    Ammo bu ikki haqiqatni tenglashtirishga arziydimi? Gitler va Cherchill, Chikatilo va uning ba’zi qurbonlari bilan o‘xshash tasvirlar qanday ko‘rinadi? Shunga qaramay, bu har xil ‘haqiqatlar’ni tenglashtirish ham manyaklarni va qotillarni de-fakto himoya qiladigan pozitsiyadir. Bu ‘hammasi bu qadar sodda emas’ turidan”, — deydi u.

    Rusiyzabon bloger Nikita Makarenko esa o‘z Telegram-kanalida quyidagicha post yozgan:

    “Shaxsan men uchun rassom Inkuzart tugadi. Men unga Pablo Pikassoning ‘Gernika’ asarini diqqat bilan tomosha qilib chiqishni tavsiya qilaman.

    Xayr, Inkuzart”.

    Pablo Pikasso ijodiga mansub “Gernika” asari

    Pablo Pikasso ijodiga mansub “Gernika” asari
    Foto: picassotradicionyvanguardia

    U surat ostida keltirilgan “Kim haq yoki nohaq — bu qaysi tomondan qarashga bog‘liq” izohiga e’tiroz bildirgan.

    “Yo‘q, bunday emas. Rassom yaxshini yomondan ajrata bilishi kerak. Va u buni uddalay olmadi”, — deydi Makarenko.

    Bundan tashqari, bloger Nurbek Alimov Inkuzart birinchi marta o‘chirib yuborishga loyiq surat chizganini, bloger Dilshod Hoshimov esa urushni oqlaydigan har qanday propaganda o‘chirilishi va bloklanishi to‘g‘ri yo‘l ekanini yozgan.

    “Gazeta.uz” surat yuzasidan rassomning o‘zidan izoh olgan. Inkuzart qisqacha qilib: “Har kimning o‘z haqiqati borligini aytmoqchi bo‘ldim”, — deya javob bergan. Shuningdek, u: “Men tinchlik tarafdoriman”, — deya qo‘shimcha qilgan.

    Shundan so‘ng graffiti o‘chirilgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi va “Daryo” internet-nashri muxbiri surat o‘chirilgani, shuningdek, jamoatchilikning fikrlari yuzasidan munosabat olish uchun Inkuzart bilan bog‘landi. Suhbatda hozirda holat bo‘yicha izoh berolmasligini, keyinchalik post shaklida fikrlarini bayon qilishini aytgan Abdurahmon (Inkuzartning asl ismi) biroz vaqt o‘tgach Telegram-kanaliga quyidagi so‘zlar yozilgan suratni joyladi:

    “Ikki lagerga bo‘linib olgan odamlarning qarama-qarshi fikrlarini kuzatish qiziq. Buni surat isbotladi.

    Jahonga tinchlik”.

    Foto: Telegram /@inkuzart
    18.07.2022, 21:57   Izoh (0)   19858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ishchilar 4 mln so‘m oylik olsa, tadbirkorlar 250-300 mln so‘m daromad qiladi”. Farg‘onadagi prezident borgan trikotaj majmuasidan reportaj

    18.07.2022, 20:12

    O‘zbekistonda aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasi oshiriladi

    18.07.2022, 19:57

    “O‘zbekneftgaz”: Yanvar—iyun oylarida 340,7 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi

    18.07.2022, 19:30

    “Bir oydan keyin har bir viloyat hokimi qilgan ishlari haqida alohida hisobot beradi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.07.2022, 19:26

    “Kuydirgidan to‘liq davolanib ketish mumkin va hech qanday asorat qolmaydi” — Nurmat Otabekov

    18.07.2022, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev barcha hokimlarga bug‘doyni birjaga o‘z vaqtida chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

    18.07.2022, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.