Toshkent shahri Chilonzor tumanida @inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon 4-sentabr kuni UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga atab strit-art chizgan edi. Biroz vaqt o‘tib ushbu devoriy suratni o‘chirishga urinishdi, biroq o‘chira olishmagandi. Telegram’da tarqalgan suratlarga ko‘ra, ushbu strit-art ikkinchi urinishda to‘liq o‘chirib tashlandi.

Foto: Telegram

“Daryo” muxbiri ushbu holatdan so‘ng Toshkent shahar hokimligi va “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati bilan bog‘lanib, izoh so‘radi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha bu ishda “O‘zavtosanoat”ning aloqasi yo‘q. “Bunaqa topshiriq bo‘lishi ham mumkin emas”, – deydi kompaniya vakili.

O‘z navbatida Toshkent shahar hokimligi vakili ham strit-artning o‘chirilishiga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.