Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining Sanoatni rivojlantirish qo‘mitasi “Ko‘mir va lignit eksportini tartibga solishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi buyruq loyihasini ishlab chiqdi.
Loyihaga ko‘ra, Qozog‘iston hududidan olti oy muddatga avtomobil transportida tosh ko‘mir, ko‘mirdan olingan briketlar, granulalar va shunga o‘xshash qattiq yonilg‘ilar, aglomeratsiyalanmagan tosh ko‘mirlar, lignit olib chiqish taqiqlanadi.
Tegishli taqiq aholi va kommunal sohani ko‘mir bilan ta’minlash, shuningdek, isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mamlakatning energiya xavfsizligini saqlash maqsadida joriy etilgan.
Izoh (0)