• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Cherchill meni ozod etdi”. Natsistlar josusi sifatida hibsga olingan moda olami yulduzi Koko Shanel va uning sirli hayot yo‘li

    Shanel xonim o‘zidan ko‘plab sir va jumboqlarni qoldirdi, ammo ularning aksariyati Kokoning o‘zi emas, taqdir tomonidan tayyorlangan yo‘llardir. Baxtli rafiqa va onalik nasib etmagan bo‘lsada, u butun dunyoda mashhurlikka erishdi. “100 buyuk inson” loyihasi doirasida bobosining tavqi la’natiga uchragan Koko Shanel oilasi haqida hikoya qilamiz.

    Koko Shanel
    Foto: Wikipedia

    Merosdagi tavqi la’nat

    Gabriel Bonyer Shanel 1893-yilning 19-avgust kuni dunyoga kelgan, ammo uning ushbu sanadan 10 yil oldin tug‘ilgani haqida guvohnoma mavjud. Barchasi Kokoning bo‘lajak onasi, 19 yoshli Janna Dyuval u davrlarda og‘ir jinoyatni sodir etganidan boshlangan — u savdogar bilan nikohsiz munosbatlarga kirishadi. Sevgida o‘zligini yo‘qotgan Jannani atrofdagilar fikri qiziqtirmas, shu boisdan u tunlarini modolyerning bo‘lajak otasi Alber Shanel bilan birga o‘tkazar edi.

    Jannaning otasi, qattiqqo‘l Anri-Adrian qizining siridan xabar topgach uni va butun ayol urug‘ini la’natladi. Jazo bu bilan cheklanib qolmasdi, albatta, biroq qiz ota-onasining uyidan o‘z vaqtida qochib ketishga ulgurib, Alber Shanel bilan qishloqma-qishloq sargardon bo‘ladi.

    Tez orada oilada Jyuliya, keyin esa Gabriel (Koko), Antuanetta va yana ikki o‘g‘il — Lyusen hamda Alfons dunyoga keladi. Oilaning uchinchi o‘g‘li Shanel Avgustin tug‘iliboq vafot etadi.

    Birinchi farzand dunyoga kelganidan keyin Alber Jannaga uylanadi, oila Somyurda qo‘nim topadi, ammo yillar o‘tgan sayin Shanelning mas’uliyatsizligi ortib, uyga kamdan-kam keladigan bo‘lib qoladi. Shu bois bir necha yildan keyin, ko‘p farzandli ona astmadan vafot etgach, erkak bolalarini qarindoshlariga tashlab, boshqa shaharchaga ko‘chib ketgani hayratlanarli emasdi.

    Odri Totu ijrosidagi “Koko do Shanel” filmidan kadr

    O‘zi savdogarlikdan zo‘rg‘a kun ko‘radigan Shanellar besh bolani tarbiya qila olmadi, shu sababdan o‘g‘il bolalar dehqon oilasiga, qizlar esa Avliyo Eten ibodatxonasi qoshidagi yetimxonga berib yuboriladi.

    Bobosi qarg‘aganidek tez orada ko‘ngilsizliklar boshlanadi: bevaqt vafot etgan Janna ortidan Gabrielning opasi va singlisi ham olamdan o‘tadi. U sovuq bolalar uyi devorlari ichida butunlay yolg‘iz qoladi — onasining avlodidagi yagona ayol…

    18 yoshga to‘lib Gabriel sohibjamol qizga aylanadi: oqko‘ngil va yaxshi hazil hissiga ega qora sochli go‘zal har qanday jamoada o‘z o‘rnini topib keta olardi. Kechalari u kabare (estradali kafe) sahnasida xushchaqchaq “Qui qua vu Coco” qo‘shig‘ini kuylagani bois keyinchalik unga Koko laqabini berishadi. Bu yerda u chiroyli qizlar oshuftasi bo‘lgan badavlat merosxo‘r Eten Balsan bilan tanishadi. Tez orada Shanelning o‘zi ham shu ismdan foydalanishga o‘tadi, u go‘yoki o‘z taqdiridan yashirinishni istardi — chunki Gabriel ismini onasi bergandi, Koko esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi.

    Odri Totu ijrosidagi “Koko do Shanel” filmidan kadr

    Koko kabaredan ketishga muvaffaq bo‘ladi va Etenning Ruayodagi koshonasiga ko‘chib o‘tadi — bu yerda u etiket qoidalarini, ot minishni o‘rganadi va shlyapalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Erkak esa o‘z navbatida qizning mehr-muhabbatidan bahramand edi. Biroq o‘rtadagi iliqlik tezda so‘nadi, erkak uyiga yangidan-yangi ma’shuqalarni olib kelishni kanda qilmasdi. Gabriel esa oxiriga qadar yaxshi yashash va “ta’limini” davom ettirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qiladi. Xiyonatlar va Shanelning dizaynerlik qobiliyatlariga nisbatan sovuq munosabatlarga qaramay, Balsan qiz uchun Parijdan kvartira ijaraga olib beradi va uni moddiy qo‘llab-quvvatlaydi.

    Singan yurak

    Oxir-oqibat o‘rtadagi munosabat darz ketadi. Shu tufayli Balsan uni do‘sti Artur Keypel bilan tanishtirganida, Gabriel uni yoqtirib qoladi. Yigit ham unga befarq emasdi — ularning munosabatlari juda tez alangalandi. Avvaliga barchasi do‘stona edi: Gabriel Arturnikiga ko‘chib o‘tdi, u bo‘lsa oldingi ma’shuqalari bilan aloqalarini uzib, butun e’tiborini qizga qaratdi. Unga faqat e’tibor beribgina qolmay, pul bilan ham ta’minladi. Aynan uning ko‘magida Koko o‘zining birinchi atelye va do‘konini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Biroq baxtli kunlar uzoq davom etmadi: Arturning ko‘ngli tez sovudi va xinoyat qilishni boshladi — u Shanelning qo‘lini so‘ramaydi va jazmanlarini qizdan yashirmaydi. Bundan tashqari, umuman boshqa qizni xotin qilib olmoqchi bo‘lgani Gabrielning hissyotlarini chilparchin qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Koko hatto uning bo‘lajak xotinikiga kelin ko‘ylak tilib berishga rozi bo‘lgan. Bunday munosabatlar 1919-yilda Keypelning o‘limi bilan yakun topdi — Shanel uzoq vaqt a’za tutadi va keyinchalik Artur hayotidagi haqiqiy muhabbati bo‘lganini aytadi.

    Mashhur kichkina qora ko‘ylak aynan Arturning o‘limidan keyin paydo bo‘lgandi: Shanel jamoatchilik ma’qullamaganiga qaramay, o‘z motamini ko‘rsatib qo‘yadi. U vaqtda rasmiy nikohda bo‘lmagan insonga nisbatan motam tutish odobsizlik hisoblanardi.

    Taniqli jazmanlar

    1920-yilda, Keypelning o‘limidan bir yil o‘tib Koko erkaklarni yana o‘ziga rom etishni boshlaydi. Rossiya imperatori Nikolay II ning jiyatni knyaz Dmitriy Romanov uning navbatdagi suyuklisiga aylanadi. U knyaz bilan Biarrisda dam olayotganida tanishadi. Kechki bazmlardan birida ularni bir-biriga muqaddam Dmitriy Pavlovich bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Marta Davelli tanishtiradi. U hazil tariqasida shunday deydi: “Agar xohlasang, senga yon bosaman! U menga qimmatga tushyapti”. Shunday qilib, bir yil ham davom etmagan munosabatlar boshlanadi. Dmitriy Pavlovich Gabrielning taqdirida o‘z rolini o‘ynaydi — u ayolni parfyumer Ernest Bo bilan tanishtirib qo‘yadi. Aynan u keyinchalik afsonaviy Chanel №5 iforini yaratadi.

    Odri Totu ijrosidagi “Koko do Shanel” filmidan kadr

    Kokoning shaxsiy hayotining keyingi sahifasi gersog Vestminster (Vendor) bilan boshlanadi. Ular tanishgan vaqtda gersog ikki marta ajrashgan bo‘lsada, buning Shanelga qizig‘iq yo‘q edi. Uning unvoi Kokoga yoqmasdi va shu bosidan sevgilisini erkalab Bonni deb chaqirardi. Ular birgalikda 14 yil yashadi — barchasi hashamatli to‘y bilan yakun topishi kerakdek edi go‘yo. Gersov suyuklisini sovg‘a-salomlar bilan ko‘mib tashlar va uning uchun barchasiga tayyor edi. Ammo u baribir ayolning qo‘lini so‘rash taklifini bildirmaydi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Koko bepusht bo‘lgan — bu omadsiz abort natijasida yuzaga kelgandi. Gersog bo‘lsa to‘laqonli oilani, farzandli bo‘lishni istardi. 14 yillik munosabatlar yakunlanadi va tez orada erkak boshqasiga uylanadi. Gabriel esa oilali jurnalist va rassom Pol Iribarnegare bilan munosabatga kirishadi. U esa ayol uchun rafiqasi bilan ajrashadi, ammo qo‘lini so‘rashga ulgurmaydi — rejalar bevaqt o‘lim tufayli barbod bo‘ladi.

    Oxirgi munosabatlar va josuslik

    Shanelning keksalik davri ham sokin o‘tmadi. 1940-yilda modelyer o‘zidan 13 yosh kichkina bo‘lgan Gans Gyunter fon Dinklage bilan tanishadi. Bundan tashqari, u nemis razvedkasiga ishlardi. Yoshlar orasidagi farq Kokoni tashvishga solmasdi, “Kechirasizlar-u, lekin mening yoshimdagi ayol o‘ziga oshiq topish imkoniyatini qo‘lga kiritsa, u yigitning pasportini so‘rab o‘tirmaydi”, degandi Shanel.

    Foto: Wikipedia

    Ko‘pchilikning hisoblashicha, mazkur aloqa Dinklagega Cherchill va Germaniya razvedkasi boshlig‘I Shellengerb bilan muzokaralarda Kokoni o‘ziga sherik sifatida og‘dirib olishga xizmat qilgan (sobiq sevgilisi gersog Vestminster uchrashuvga yordam bergandi).

    “Shlyapa modasi” nomini olgan operatsiya muvaffaqiyatsiz kechadi. Shundan so‘ng Shanel fashistlar bilan aloqada ayblanadi va hibsga olinadi, ammo keyinroq Fransiyani zudlik bilan tark etish sharti bilan qo‘yib yuboriladi. Biograflarga ko‘ra, Shanelni qamoqdan ozod etilishiga Uinston Cherchill aralashgan. Buni modelyerning nabira jiyani Gabriel Palass-Labryuni ham tasdiqlagan. Uning eslashicha, Koko hibsdan qaytganida chuqur nafas olib “Cherchill meni ozod etdi”, degan.

    U oshig‘i Dinglage bilan Shveysariyaga yo‘l oladi, biroq bu munosabatlar ham uzoq davom etmadi. Ular tez-tez janjallashib qolar, hatto yoqalashib ham etardi — shuning uchun ular tezda ajralib ketadi. Shanel bo‘lsa Fransiyaga qaytib, karyerasini davom ettiradi.

    Foto: AP Photo

    Gabriel, shuningdek, Salvador Dali va o‘zidan ancha yosh bo‘lgan boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lgani aytiladi. Ammo bularning hech biri dizaynerga to‘laqonli oila hayotini taqdim eta olmadi. 1971-yil 10-yanvar kuni 87 yoshli Shanel “Ris” mehmonxonasida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. Oilaviy hayoti o‘xshamagan modelyer doim shunday derdi: “Men doim o‘z hissiyotlarimga to‘liq bo‘ysungan holda sevib qoldim. Biroq doim erkaklar va ko‘ylaklarim o‘rtasida tanlov yuzaga kelganida, ko‘ylakni tanladim. Hamisha hissiyotlarimdan ustun bo‘lganman; ish o‘ziga xos narkotik edi”.

    Foto: Getty Images
    15.09.2023, 16:27   Izoh (0)   15463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “G‘alabaga eng katta hissa qo‘shgan shaxs” — nemislarning “Enigma”sini buzgan britaniyalik matematik Alan Tyuring

    21.08.2023, 21:00

    “Antibiotiklar otasi”: Aleksandr Flemingning insoniyatni qutqarib qolgan pala-partishligi

    30.08.2023, 14:30

    “Mikki Mausni har qanday ayoldan ko‘proq yaxshi ko‘raman”. Natsistlar bilan do‘st tutingan va ayollardan nafratlangan Uolt Disney haqida

    06.09.2023, 19:57

    Moskva yaqinida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari mushtlashdi (video)

    15.09.2023, 15:56

    Zelenskiy AQSHga borib, Bayden bilan uchrashadi — OAV

    15.09.2023, 14:15

    Baydenning o‘g‘li noqonuniy qurol sotib olish va saqlashda ayblandi

    15.09.2023, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.