• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Mikki Mausni har qanday ayoldan ko‘proq yaxshi ko‘raman”. Natsistlar bilan do‘st tutingan va ayollardan nafratlangan Uolt Disney haqida

    Uolt Disneyni g‘aroyib ertak olamini yaratgan sehrgar va barcha bolalarning do‘sti deya hisoblashadi. Boshqa fikr ham mavjud: mashhur multiplikator aslida hayotda suratlarni yomon chizgan, o‘zgalar g‘oyasini o‘g‘irlagan va qo‘l ostidagilarga chidab bo‘lmas vazifalar qo‘yib, zug‘um o‘tkazgan. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida ushbu shaxsning hayoti haqida hikoya qiladi.

    Boyqushni o‘ldirib qo‘ygan bolakay

    Yetti yoshli Uolt Disney Missuridagi oilaviy fermasi atrofida aylanib yurar ekan, daraxtda o‘tirgan boyqushni ko‘rib qoladi. “O‘ynash uchun biror kimsa yo‘q edi. Boyqushni ko‘rib qoldim. Uchib ketganida ortidan bordim. Nima uchunligini bilmayman, lekin uni tutishni xohladim”, — deydi Disney o‘z intervyularidan birida.

    Uy hayvoni bo‘lishini xohlagan bola qushni ushlashga urinadi, ammo kutilmaganda u Disneyga tashlanib qoladi. Qattiq qo‘rqib ketgan yigitcha, boyqushni qo‘lidan tashlab yuborib, o‘lasi qilib tepkilaydi. Dastlabki shok tarqalgach, bolakayni chidab bo‘lmas aybdorlik hissi qoplaydi.

    “Bembi”
    Foto: Walt Disney Production

    “Hamon tushlarimda o‘sha boyqushni ko‘raman. Hayratdan dong qotgandim. Uning o‘limini istamas edim”, — deya tan olgandi u.

    Natijada ushbu epizod animatorning ishlarida o‘z o‘rnini topadi: u multfilmlarida hayvonlarni alohida hayajon bilan tasvirlashni boshlaydi. Ta’kidlash joizki, rassomlar barcha eskizlarni haqiqiy hayvonlarga qarab chizgan, ammo animatsiya ustidagi ish davomida ularning birortasiga shikast yetmagan.

    Disneyda rasm chizishga bo‘lgan qiziqish bolaligidan boshlangandi, ammo zug‘umkor ota o‘g‘lining qiziqishlarini ma’qullamas va bo‘yoq-qalam uchun unga pul bermas edi. Shu boisdan bolakay o‘zining ilk suratlarini hojatxona qog‘oziga ko‘mir yordamida chizadi. Bir safar uning iqtidorini payqab qolgan qo‘shnisi 25 sent evaziga Uoltdan ot suratini sotib oladi — bu bolaning rassom bo‘lish xohishini yanada mustahkamlashga xizmat qilgandi. Yigitchaning ushbu qarorini akasi Roy ham qo‘llab-quvvatlagan, u Disneyni nafaqat otasining kaltaklaridan himoyalovchi, balki kelajakda uning ishonchli yordamchisiga ham aylanadi.

    Birinchi jahon urushi qatnashchisi

    Otasidan qochib ketish maqsadida 16 yoshli Disney maktabni tashlaydi va Birinchi jahon urushiga yo‘l oladi. O‘smir yigit ko‘z ochib yumguncha Fransiyada, “Qizil xoch” sanitar mashinasining haydovchisi sifatida xizmat boshlaydi. U yerda ijodni to‘xtatmaydi, Disney tomonidan bo‘yalgan mashina askarlar orasida mashhurlikka erishadi.

    Birinchi jahon urushida “Qizil xoch” sanitar mashinasini haydagan Disney
    Foto: Walt Disney Archives Photo Library

    Oradan ikki yil o‘tgach, u Kansas City Star gazetasiga animator sifatida ishga joylashadi, biroq “tasavvuri va yaxshi g‘oyalarining yetishmasligi” oqibatida bo‘shatib yuboriladi. Biroq omadsizlik yosh ijodkorni o‘zining shaxsiy Laugh-O-Gram studiyasini ochishga undaydi va u bu yerga multiplikator do‘sti Ab Ayverksni taklif qiladi. Ular birgalikda reklamalar uchun roliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Keyinroq kompaniya bankrotlikka uchraydi.

    Mikki Maus muallifligining o‘g‘irlanishi

    Disneyga ilk muvaffaqiyat 1927-yilda, sherigi Ab Ayverks bilan antropomorf personaj quyoncha Osvaldni yaratganida keladi. Multfilmlar Universal Pictures savdo belgisi ostida chiqarilgani bois rassomlar uning mualliflik huquqini qo‘ldan boy beradi. Suddagi mag‘lubiyat Disneyga qattiq ta’sir qiladi va u eng yaqinlariga ham ishonmay qo‘yadi.

    Foto: East News

    Shundan keyin u o‘zining Disney Cartoon studiyasiga ijodkorlar tomonidan yaratilgan barcha ishlar shartnoma bo‘yicha faqat unga tegishli ekani haqida majburiy qoidani kiritadi. Mashhurlikka bo‘lgan intilish sabab u yaqin do‘sti Ayverksni ham ayab o‘tirmaydi — versiyalardan biriga ko‘ra, mashhur Mikki Maus personajining haqiqiy “otasi” Ab hisoblanadi. Disney personajlarni ovozlashtirganiga qaramay, ularni chiza olmasdi. Shu bilan birga, studiya asoschisi jamoatchilikni mualliflik o‘ziga tegishli emasligi haqida da’volariga javob qaytarmaydi.

    Kechki bazmlarning birida bolakaylardan biri Disneyning yoniga kelib, undan Mikki Mausning suratini chizib berishni so‘raydi, ammo animator xijolatdan chetga o‘tadi va Ayverksdan rasm chizib berishni iltimos qiladi. Surat tayyor bo‘lgach, Disney uning ostiga o‘z ismini yozib beradi. Bu esa do‘stlar o‘rtasida bahsni yuzaga keltiradi va ko‘p o‘tmay ularning munosabati butunlay yakun topadi.

    Ekspluatatsiya qilingan ishchilar

    Disneyning boshqa xodimlari bilan munosabatida ham shu kabi holatlar ro‘y bergan, ba’zilar ular o‘z ijodi uchun oyiga beriladigan 12 dollarni ololmagani yetmagandek, titrlarda ismlari ham ko‘rsatilmas edi.

    Ayniqsa, “Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmi ustidagi ishlar juda mashaqqatli kechadi. 1937-yilgi premyera vaqtida to‘liq metrajli animatsion filmni yaratish oson vazifa emasdi. Animatorlar uch yil davomida tinim bilmay ishlagani bois Disney o‘z xodimlariga kartina muvaffaqiyatga erishsa, mukofot pullari berishni va’da qiladi, ammo o‘z so‘zida turmaydi.

    Foto: East News

    Kartina prokatga chiqqach nafaqat rekord darajadagi 418 million dollarni to‘playdi, balki Disneyga “Oskar” olib keladi. Kinoakademiya buyurtmasiga binoan mukofot bitta katta va yettita kichik haykalchalar shaklida ishlangan edi.

    Disney qo‘lga kiritilgan gonorarini yangi studiya uchun sarflaganidan keyin ishchilar bilan munosabati yanada yomonlashadi. U studiyada oilaviy muhitni o‘rnatishga uringan bo‘lishiga qaramay, u ishchilariga murojaat qilganida haddidan oshib ketardi. Xususan, Disney o‘z rassomlariga Multiplikatorlar gildiyasi va boshqa kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lishni taqiqlardi, shuningdek, ishda erkaklar va ayollarning o‘zaro muloqotini ham qat’iy qoralagan.

    10 yoshli Shirli Templ “Oppog‘oy” uchun “Oskar”ni topshirmoqda
    Foto: AP Photo

    1941-yilda norozilik oqibatida besh kunlik ish tashlashlar boshlanadi — bu “Dambo” multfilmining premyerasiga xavf tug‘dirardi. Shunda Disney xodimlari qarshisiga chiqib, “ular ko‘p gapirmasdan, yaxshisi, uyini tartibga keltirishlari”ni aytadi. Disney ma’muriyati o‘z boshlig‘ini ta’tilga ketishga ko‘ndirmaganida, vaziyat qanday tus olishi noma’lum edi. Deyarli shu vaqtda kompaniya siyosatidan norozilar mualliflik huquqidan mahrum qilinib, ommaviy ishdan bo‘shatiladi. Shunda Disney o‘z imijini himoya qilish uchun ularning barchasini “kommunistlar” deb ataydi.

    Natsistlar bilan hamkorlik

    Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilguniga qadar animator hamyurti Genri Ford kabi natsistlar bilan hamkorlik qilib kelgan. 1930-yillarda Disney natsistlarning AQSHdagi tashkiloti a’zosi bo‘lgan, shuningdek, fyurer obrazining targ‘iboti bilan shug‘ullangan rejissor Leni Rifenshtal uchun o‘z studiyasi bo‘ylab maxsus ekskursiya uyushtirgan. Shunga qaramay, qator biograflar Disney ashaddiy antisemitizm tarafdori bo‘lganiga ishonmaydi, chunki uning yetakchi animatorlari orasida yahudiylar ham bor edi. Germaniya uni faqat tijoriy jihatdan jalb etgani istisno emas. Gap-so‘zlarga ko‘ra, yoshligida rassom bo‘lgan Gitler Disney ijodini hurmat qilgan va hatto “Oppog‘oy”dagi suratlarni o‘zi uchun chizgan ham. Shu bilan birga, animator urush yillari Gitler Germaniyasi va uning ittifoqdoshlari ustidan kuladigan targ‘ibot multfilmlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. 

    Foto: AP Photo

    Ikkinchi jahon urushi multiplikatorga ko‘p pul olib keldi. Studiyalar bazo‘r kun kechirgan davrda Disney hukumat bilan hamkorlik qilib, Donald Dak va boshqa personajlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot roliklarini tasvirga oldi. Bu esa o‘z navbatida uning “Oskar”lar kolleksiyasining boyishiga olib keldi. Umumiy hisobda Disney davlat bilan 26 yil xizmatda bo‘lgan.

    Mish-mishlardan biriga ko‘ra, Disney asrandi o‘g‘il bo‘lib, Chikagoda emas, Andalusiyada dunyoga kelgan. Bola shifokor don Xines Karrilyoning uy xizmatkori Isabel Samoradan tug‘ilgani aytiladi. Keyinchalik yolg‘iz ona AQSHga — akasining yoniga ko‘chib o‘tgan. Nikohsiz tug‘ilgan farzandini esa Disneylar oilasiga boqishga topshiradi. Disney biografiyasini o‘rgangan Xose Luis Kano va Krstofer Jons ham ushbu versiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

    Bu borada rasmiy ma’lumotlar Disneyning o‘zi tomonidan AQSH hukumati bilan hamkorlik uchun yo‘q qilingan deb hisoblanadi. Bundan tashqari, rassom o‘zining asl kelib chiqishiga juda qiziqqani ma’lum. Uning ijodida ona obrazidan deyarli foydalanilmasligi ham shundan — yetim qolgan Oppog‘oy yoki Bellni otasi tarbiya qiladi. Multfilmda ona figurasidan foydalanilsa, u ko‘p o‘tmay betob bo‘lib qoladi yoki vafot etadi — Bembining onasi kabi.

    Ishda badjahl, uyda esa mehribon ota

    Otasi bilan sodir bo‘lgan voqealar sabab Disney umrining oxirigacha birga yashagan rafiqasi Lilliga hamda farzandlariga hech qachon qo‘pol munosabatda bo‘lmadi. Aytish kerakki, animatorga sichqonchani Mortimer emas, Mikki deb atash taklifini aynan rafiqasi bergan edi, bolalar esa uni ulkan ko‘ngilochar bog‘ni yaratishga ilhomlantirgan.

    Disneylar oilasi (chapdan o‘ngga qarab): Lillian, Dayana, Sheron Mey va Uolter
    Foto: Wikipedia

    Disney hamda uning turmush o‘rtog‘i uzoq vaqt farzandsizlikdan azob chekdi — oradan yetti yil o‘tgach, ularning oilasida qizi Dayana Meri dunyoga keldi. Rafiqasining sog‘lig‘ini xavfga qo‘ymaslik maqsadida keyinroq yana bir qizni asrab olishadi va unga Sheron Mey deya ism berishadi. Disney xodimlariga qanchalik qattiqqo‘l bo‘lsa, oilasida shunchalik buning aksi edi. U ikkala qizining ham xotirasida ideal ota sifatida qolgandi.

    Ammo uning o‘zi ishi va ijodiga alohida muhabbati borligini bot-bot takrorlab kelgan. “Mikki Mausni har qanday ayoldan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman”, — degandi bir safar multiplikator.

    Onasining o‘limida o‘zini aybdor his qilgan

    1938-yili — yetarlicha pulga ega bo‘lgan paytlarida Disney keksa ota-onasiga hashamatli uy sovg‘a qiladi. Oradan bir oy o‘tmasdan, uyda gaz trubasi bilan bog‘liq muammolar boshlanadi. Shunda Disney studiyasida ishlovchi mexaniklarni gaz ta’minotini to‘g‘rilashga yuboradi. Ammo ular yetarli darajada malakaga ega bo‘lmagani tufayli oradan bir qancha vaqt o‘tgach, onasi Flora gazdan zaharlanib, vafot etadi. Disney bunda o‘zini o‘zi aybdor sanab kelgan.

    Uolt Disney ayollarni umuman xushlamasdi. Rafiqasi Lilli bilan aynan ishxonada tanishib qolganiga qaramay, keyinchalik u studiyasida qarama-qarshi jinsdagi hamkasblar o‘rtasidagi nafaqat munosabatni, balki oddiy muloqotni ham taqiqlovchi qoidalarni joriy etadi. Bunga rioya etmaganlar zudlik bilan ishdan bo‘shatilgan. Shu bilan birga, u ayollarni ishga olishi juda qiyin kechardi, erkak “bolalar, oshxona va cherkov” ularning asosiy vazifasi deb hisoblar edi. Animator o‘z qarashlarini barcha multfilmlariga singdirgan — qahramonlar hayoti doim o‘z sevgilisi bo‘lgan shahzodani uchratishi bilan mazmunan yakunlanadi.

    Shuningdek, Disney ayollar istalgan vaqtda homilador bo‘lib qolib, loyihani xavf ostiga qo‘yishi, o‘z navbatida ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin deb hisoblardi. Ammo AQSHning urushga qo‘shilishi natijasida ayrim erkak xodimlar frontga jalb etiladi va kompaniya yangi ishchilarga muhtoj bo‘lib qoladi. Shunda ayollarni yollashga qaror qilinadi — ijod bilan bog‘liq lavozimlarga emas, balki texnik bo‘limga. Chunki Disney animator kasbi nafaqat rasm chiza olish, balki hazil hissini ham talab etadi, ayollar esa bu xususiyatdan mosuvo deb o‘ylardi.

    Uolt Disney va uning rafiqasi
    Foto: Wikimedia Commons

    Matbuotda “mehribon Disney amaki” obrazi faol targ‘ib qilinganiga qaramay, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra u Skruj Makdakdan ham xasisroq va o‘ziga nisbatan hazilni yoqtirmaydigan edi. Shu sababdan 1936-yili Disneyning 35 yoshga to‘lishi munosabati bilan animatorlar Mikki Maus ishtirokida ish tashlashlar va maoshlar kamligi bo‘yicha multfilm yaratganida, u avvaliga g‘oyani maqtaydi, keyin hammaning oldida mualliflarni ishdan bo‘shatib yuboradi.

    Uolt Disney umri davomida tinmasdan tamaki chekdi va 1966-yilda shifokorlar unga o‘pka saratoni tashxisini qo‘ydi. Eng yaxshi shifokorlar qo‘lida davolanganiga qaramay, animator o‘sha yilning o‘zida — 15-dekabr kuni 65 yoshida vafot etdi. Kompaniya asoschisiga hurmat ramzi sifatida Disney multfilmlarida chekish sahnasini tasvirlashdan voz kechildi.

    Gap-so‘zlardan biriga ko‘ra, qo‘yilgan tashxisdan xabar topgan Disney o‘zini kriogen kameraga muzlatishlarini so‘raydi (aslida o‘limidan keyin u krematsiya qilingan). Bundan tashqari, o‘limidan oldin animator ko‘ngilochar bog‘ qurish uchun katta yer maydonini sotib olmoqchi bo‘lgan. Hozirda esa Orlandodagi ushbu hududda Disneylend joylashgan.

    06.09.2023, 19:57   Izoh (0)   13523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Halok bo‘lgan qiz kundaligi: fashizm davri tarixiga aylangan Anna Frank va uning oilasi taqdiri

    15.08.2023, 17:10

    “G‘alabaga eng katta hissa qo‘shgan shaxs” — nemislarning “Enigma”sini buzgan britaniyalik matematik Alan Tyuring

    21.08.2023, 21:00

    “Antibiotiklar otasi”: Aleksandr Flemingning insoniyatni qutqarib qolgan pala-partishligi

    30.08.2023, 14:30

    Prigojin o‘lganiga yuz foiz amin emasmiz — Ukraina razvedkasi

    06.09.2023, 19:03

    Braziliya janubidagi suv toshqinlari oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

    06.09.2023, 18:34

    Rossiya Konstantinovkadagi bozorga aviazarba berdi. 16 kishi halok bo‘ldi (video)

    06.09.2023, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.