• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jurnalist o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan dori: Qaysi davlatlarda “Levofloksatsin”dan foydalanish cheklangan?

    Toshkentda 13-sentabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi. Jurnalist o‘limidan bir kun avval “Levofloksatsin” (antibiotik) dorisini isteʼmol qilgani, uning vafotiga doridan allergik reaksiya sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

    Mazkur preparat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biroq ayrim xorijiy davlatlarda “Levofloksatsin”ni qabul qilishga cheklovlar kiritilgan bo‘lib, quyida ular haqida ma’lumot beramiz.

    Yevropa Ittifoqi

    2023-yil may oyida Yevropa dori-darmon agentligining (EMA) Farmakologik nazorat xavfini baholash qo‘mitasi (PRAC) sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislariga og‘iz orqali, infeksiya yoki ingalyatsiya orqali yuboriladigan ftorxinolon antibiotiklaridan foydalanish nogironlik, uzoq muddatli va qaytmas yon ta’sirlar sababli cheklanganini ma’lum qildi.

    Ftorxinolonlar tarkibiga: siprofloksatsin, pefloksatsin, norfloksatsin, lomefloksatsin, sparfloksatsin, levofloksatsin, moksifloksatsin, gemifloksatsin, gatifloksatsin kiradi.

    Ushbu cheklovlar Yevropa Ittifoqi miqyosida 2019-yilda juda kam uchraydigan, ammo jiddiy yon ta’sirlarni ko‘rib chiqishdan so‘ng kiritilgan.

    Ftorxinolon antibiotiklarini qo‘llash bo‘yicha cheklovlar ularni quyidagi hollarda taqiqlashni nazarda tutadi:

    • davolanishsiz sog‘ayish mumkin bo‘lgan yoki og‘ir bo‘lmagan infeksiyalarni davolash (masalan, tomoq infeksiyalari);
    • bakterial bo‘lmagan infeksiyalarni davolash uchun, masalan (surunkali) prostatit;
    • sayohatchilarning diareyasini yoki siydik yo‘llarining takroriy infeksiyalarining oldini olish uchun;
    • yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi bakterial infeksiyalarni davolash uchun.

    2016 va 2021-yillar oralig‘ida oltita Yevropa davlatida (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya) birlamchi tibbiy yordam ma’lumotlarini baholagan tadqiqot ushbu dori vositalaridan foydalanishni cheklash ijobiy natija qayd etganini ko‘rsatgan.

    Tibbiyot xodimlariga ftorxinolon antibiotiklarini qo‘llash muqobil terapevtik variantlar bo‘lmagan oxirgi bosqichda va xavflarni sinchkovlik bilan baholash, bemorga yon ta’sirlar haqida ma’lumot berish asosida tavsiya qilish so‘ralgan.

    AQSH

    2018-yil AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) ftorxinolonlar deb ataladigan antibiotiklar sinfi ruhiy salomatlik va qondagi qand miqdorida nojo‘ya muammolarni keltirib chiqarishidan ogohlantirgan. FDA tekshiruvida ftorxinolon preparatlarni qabul qilganlarda gipoglikemik koma holatlari kuzatilgan.

    Gipoglikemik koma — bu qondagi qand darajasining keskin pasayishi va miyada o‘tkir energiya tanqisligi natijasida yuzaga keladigan hayot uchun xavfli holat.

    Ushbu dori FDA tomonidan quyidagi xavfli ta’sirlar haqida ogohlantirishlarga ega:

    • pay yorilishi yoki yallig‘lanishi
    • periferik neyropatiya (asab shikastlanishi)
    • markaziy asab tizimiga ta’sir
    • autoimmun kasallik
    • jigarning shikastlanishi
    • kuchli diareya
    • yurak urishi bilan bog‘liq muammolar
    • quyoshga yuqori ta’sirchanlik

    Kanada

    2017-yil Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi ftorxinolonlar deb ataladigan antibiotiklar sinfi haqida ogohlantirish bergan. Bu turdagi dorilar umumiy va tovar nomidagi mahsulotlar sifatida quyidagilarda mavjud (yuqorida ham sanab o‘tildi):

    • Siprofloksatsin (Cipro)
    • Moksifloksatsin (Avelox)
    • Levofloksatsin
    • Norfloksatsin
    • Ofloksatsin

    2008-yilda AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) va Kanada sog‘liqni saqlash boshqarmasi ftorxinolon preparatlarini ishlab chiqaruvchilardan yorliqda dorilar pay yorilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishni joylashtirishni so‘ragan. Biroq keyinchalik Kanada regulyatori yon ta’sirlar kengroq ekanini ma’lum qilgan. 

    Preparatga reaksiyalar ftorxinolonni qabul qilganidan keyin bir necha soatdan haftalargacha sodir bo‘lishi mumkin.

    Kanada regulyatori tadqiqotchilar Kanadada ftorxinolonlardan foydalanishni yaxshiroq tushunish uchun ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazishini ma’lum qilgan.

    Yuqorida keltirib o‘tilgan mamlakatlarda levofloksatsindan foydalanishni cheklash yon ta’sirlar bilan bog‘liq. Shu sababli preparatlarni qabul qilishdan oldin shifokor tavsiyasiga amal qilish va dori bilan bog‘liq xavflarni bilish muhimdir.

    15.09.2023, 20:45   Izoh (0)   25691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Antibiotiklarni qo‘llash chog‘ida anafilaktik yoki allergik shok kuzatilganda nima qilish kerak? Mutaxassis tushuntirish berdi

    15.09.2023, 14:50

    Malika Diananing sviteri auksionda 1,1 mln dollarga sotildi

    15.09.2023, 20:40

    Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

    15.09.2023, 20:30

    Putin: “AQSH ukrainaliklar qo‘li bilan kassetali bombalardan foydalanmoqda”

    15.09.2023, 20:10

    Putin bilan uchrashgan Xitoy mudofaa vaziri ishdan olingan, tergov ketmoqda — AQSH razvedkasi

    15.09.2023, 19:59

    AQSH generallari qo‘shma mashg‘ulotlar uchun Armanistonga keldi

    15.09.2023, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanadada tuproqda 60 kunda parchalanadigan ekobatareya yaratildi

    Dunyo | 14 iyul, 14:20

    “Arsenal” Dyokeresh transferini yakunlash arafasida turibdi

    Sport | 14 iyul, 14:10

    Eng hayratlanarli yakun va murakkab syujetga ega bo‘lgan turk seriallari

    Kino | 14 iyul, 14:02

    Belarus vertolyoti Rossiya dronini urib tushirdi — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 14 iyul, 14:00

    Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda issiq kuchayadi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 13:50

    Hindiston elektrni tejash uchun konditsioner haroratini cheklaydi

    Dunyo | 14 iyul, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.