Yevropa Ittifoqi inson huquqlari buzilgani uchun Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda YIning rasmiy jurnalida xabar qilingan.
Erondagi olti tashkilot va to‘rt nafar shaxs sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shildi. Xususan, Eronning turli mintaqalaridagi qamoqxonalar, shuningdek, ushbu mamlakat xavfsizlik kuchlarining yuqori martabali vakillariga sanksiya qo‘yilgan.
Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSH, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar bir necha bor Eronni inson huquqlarini buzayotganlikda ayblab, ushbu ayblovlar munosabati bilan mamlakatga qarshi sanksiyalar joriy etgandi.
Yevropa Ittifoqining Eronga qarshi yangi sanksiyalari 22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limining bir yilligiga to‘g‘ri keldi.
2022-yilning sentabr oyi oxirida 22 yoshli Mahsa Aminiy hijobni “noto‘g‘ri” o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgandi. Uning vafoti mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamdagi tartibsizliklarga olib keldi. Eron hukumati bu voqeaning ortidan axloq politsiyasini tugatish haqida qaror qabul qilgandi.
Izoh (0)