“Manchester Yunayted” klubi Antoni atrofidagi voqealar bo‘yicha bayonot berdi.
“Manchester Yunayted” Antoniga qo‘yilgan ayblovlarni e’tiborga oldi va politsiya tergov olib borayotganidan xabardor. Qo‘shimcha ma’lumotlar olinmaguncha, boshqa izoh berilmaydi.
Rahbariyat ushbu ayblovlarni hisobga olib, bu masalaga jiddiy yondashadi.
“Manchester Yunayted” bayonoti
Joriy yilning iyun oyida Antonining sobiq sevgilisi Gabriela Kavallin San-Paulu politsiyasiga murojaat qilib, futbolchini jismoniy tajovuz, zo‘ravonlik, tahdidlar va jarohatlar yetkazganlikda ayblagandi.
Kavallin Braziliyaning UOL saytiga bergan intervyusida, Antoni bilan suhbatlari skrinshoti hamda yetkazilgan jarohatlarning suratlarini ko‘rsatgan. Ushbu suratlar ish bo‘yicha dalil sifatida kiritilgan va politsiya bu bo‘yicha ish boshlagan. Jabrlanuvchi 2022-yil 1-iyun kuni Braziliyada ta’tilda bo‘lgan vaqtda Antoni uning homiladorligiga qaramasdan jarohat yetkazganini ta’kidlagan.
Ushbu vaziyat tufayli Antoni Braziliya terma jamoasining sentabr oyidagi o‘yinlaridan chetlatildi. Uning o‘rnini “Arsenal” futbolchisi Gabriel Jezus egallagan.
Izoh (0)