Turkiyaning “Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardi dunyodagi eng qimmat avtomobilni xarid qildi.
L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, Ikardi Rolls-Royce Boat Tail avtomashinasini sotib olgan.
Ushbu modelning narxi 26 million yevroni tashkil etadi. U faqat 3 nusxada ishlab chiqarilgan. Ulardan biri marvarid biznesida faoliyat yuritadigan sanoatchida, ikkinchisi Jay-Z va Beyonce’da, uchinchisi esa endi Ikardida.
Rolls-Royce Boat Tail 4 o‘rindiqli kabriolet. Uning orqa qismida stol, teleskop ko‘rinishidagi soyabon mavjud. Shuningdek, mashinada ikkita muzlatgich mavjud.
Mauro 2022-yildan buyon “Galatasaroy” sharafini himoya qilib kelmoqda. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida “Sampdoriya”, “Inter” va “PSJ” kabi klublarda o‘ynagan.
Izoh (0)