“Manchester Siti”ning “Fulhem”ga qarshi uchrashuvda urgan 2-goli ofsayddan urilgan deb topildi.
Angliya Premyer Ligasining 4-turida “shaharliklar” “Fulhem” ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida Natan Ake burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi va to‘p Manuel Akanjining oyoqlari orasidan o‘tib to‘rdan joy oldi.
VAR takroriy holatni ko‘rib chiqib, golni hisobga oldi. Shundan so‘ng Gvardiola jamoasi 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.
“Vaziyat aniq — o‘yindan tashqari holat bor edi. Golni bekor qilish kerak edi. Akanji bu vaziyatda hakamga xalaqit berib turgandi”, — deydi Angliya hakamlar qo‘mitasi rahbari Hovard Uebb.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borgandi.
Izoh (0)