“Manchester Yunayted” aksiyalari rekord darajada pasaydi.
Gleyzerlari oilasi o‘zlarining talablariga mos keladigan taklifni olmasdan turib, klubni sotish istagida emasligi haqida xabarlardan so‘ng, mankunianliklarning aksiyalari o‘z qiymatini yo‘qotdi.
Klub aksiyalari 21 foizga arzonladi, bu uning ommaviy kompaniya sifatidagi 11 yillik faoliyati davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bozor kapitallashuvi taxminan 700 million dollarga kamaygan.
Hozirgi kunda “Manchester Yunayted” 3,9 milliard dollarga baholangan.
Gleyzerlar yetarlicha da’vogarlarni jalb qilganidan so‘ng, 2025-yilda yana klubni sotishga urinib ko‘rishi mumkin, deya ta’kidlaydi Bloomberg.
Izoh (0)