Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasiga kuchli “Saola” tayfuni yopirildi. Shamol kuchliligi sababli vazni 50 kilogrammdan kam bo‘lgan odamlarga ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Bu haqda Sinxua xabar berdi.
So‘nggi ikki kun ichida hududda shamol kuchi 200 km/soatga yetgan, buning oqibatida Gonkongda 75 kishi jabrlangan. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, rasmiylar vazni 50 kilogramgacha bo‘lgan odamlarni shamol uchirib ketgani uchun tashqariga chiqishni taqiqlashga qaror qilgan.
Bundan tashqari, Xitoy janubida 780 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Guandun provinsiyasida ham ko‘chki sodir bo‘lgan.
- “Saola” — 2023-yildagi to‘qqizinchi tayfun.
- Uning markazi Chjuxay shahri yaqinida bo‘lib, shamol tezligi 46 m/s gacha qayd etilgan.
- Gonkong va Makao hududlarida esa bo‘ronli shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yetgan.
Izoh (0)