Yaponiyaning sharqiy va janubiy hududlariga ikkita tayfun yaqinlashmoqda. Bu haqda Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
27—29-avgust kunlari Yaponiyaning Tinch okeani sohillari bo‘ylab sharqiy hududlarga “Damri” to‘foni yopirilishi kutilmoqda. To‘fonning markaziy qismida shamol tezligi 20 m/s ga yaqin.
Shu bilan birga, “Saola” to‘foni Okinavaning janubiy prefekturasi markaziy qismiga yaqinlashmoqda. U mazkur hududga 30-avgustgacha yetib borishi mumkin.
Yaponiya hukumati mahalliy aholini ko‘chki va hududlarni suv bosishi ehtimoli tufayli hushyor bo‘lishga chaqirdi.
Avvalroq Yaponiya g‘arbidagi Kii yarimoroliga urilgan “Lan” tayfuni kuchli yog‘ingarchilikka sabab bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)