“Real” futbolchisi Vinisius Junior jarohati sababli bir oydan ko‘proq vaqt maydonga tusha olmaydi.

Braziliyalik futbolchi La Liganing 3-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi bahsda (1:0) jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Jurnalist Edi Agirrening xabariga ko‘ra, Vinisiusning jarohati jiddiy bo‘lib, u 4—6 hafta maydonga tushmaydi.
Ma’lumot uchun 23 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liganing uchala o‘yinida ham ishtirok etib, bitta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)