Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Manchini arab mamlakati terma jamoasi bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning maoshi yiliga 20 million yevroni tashkil etadi.
“Yevropada tarix yoza oldim. Endi Saudiya Arabistoni bilan bu ishni qilmoqchiman”, — deydi 58 yoshli murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Roberto Manchini o‘z xohishiga ko‘ra Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etgandi.
Izoh (0)