“Real” darvozaboni Tibo Kurtua jarohat sababli safdan chiqdi.
“Qaymoqranglilar”ning rasmiy sayti xabar berishicha, futbolchi Madrid klubi mashg‘ulotlari vaqtida jarohat olgan. Tibo ko‘zida yosh bilan mashg‘ulotlarni tark etgan.
Belgiyalik golkiper tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Uning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum emas.
Kurtua La Liganing o‘tgan mavsumida 31 o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)