Toshkent shahrida o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilgan maktab psixologi ozod qilinib, yana pedagogika sohasida ishlamoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Mirobod tumanidagi 158-sonli umumta’lim maktabi sobiq psixologi G.A.ning 2022-yil 19-avgustda Jinoiy ishlari bo‘yicha Mirobod sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgani, ammo u muddatidan avval — 1 yil 3 oy 10 kunda qamoqdan ozod qilinib, yana pedagogika sohasida ishlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 7-aprelda G.A. Mehnat kodeksining 100-moddasi, 4-qism, 2-bandi bilan Mirobod tumanidagi 158-sonli maktab psixologi vazifasidan ozod etilgan. Ayni paytda mazkur ta’lim muassasasida uch nafar malakali psixolog faoliyat ko‘rsatmoqda. G.A.ning keyingi taqdiri haqida birorta ma’lumot mavjud emasligi va uning hozirda poytaxtdagi umumta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatmayotgani ta’kidlandi.
Izoh (0)