O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, DXX va IIV tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2001-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Muxammadali To‘xtayev Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining ta’siriga tushgani aniqlangan. U aylanma yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib, ushbu tashkilot safiga qo‘shilgan, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)