• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda harbiy xizmat muddatini hisoblashning imtiyozli holatlariga aniqlik kiritildi

    “Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hujjat bilan harbiy xizmat muddatini hisoblashning imtiyozli holatlariga aniqlik kiritilmoqda. Harbiy xizmatchilar uchun quyidagi davrlarning bir kuni imtiyozli ravishda harbiy xizmatning uch kuniga teng hisoblanadi:

    • jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazishda yoki favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davri;
    • yuqoridagi vaziyatlarda bevosita ishtirok etish natijasida shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) va kasallanish sababli davolash muassasalarida uzluksiz bo‘lgan davri;
    • qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlarga — ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan davri.

    Shuningdek, harbiy xizmatchilarni transportdan bepul foydalanish tartibiga aniqlik kiritilmoqda. Harbiy xizmatchilar harbiy tashish hujjatlari orqali quyidagi transport vositalaridan foydalanish huquqiga ega:

    • havo yo‘llari transportida:
    • “biznes klass”da — vazirliklarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
    • “ekonom klass”da — boshqa harbiy xizmatchilar;

    temiryo‘l transportida:

    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “VIP klass” (“lyuks”), tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida — vazirliklarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “biznes klass”, tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “SV” (“lyuks”) vagonlarida — generallar va polkovniklar;
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning “ekonom klass”, tezkor toifadagi poyezdlarning “biznes klass”, tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning “kupe” vagonlarida - “podpolkovnik” va undan quyi harbiy unvondagi ofitserlar, oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha xizmat qiluvchilar;
    • avtomobil transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) — shaharlararo va viloyatlararo yo‘nalishlarda muntazam qatnovchi avtobuslarda barcha toifadagi harbiy xizmatchilar;
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning “ekonom klass”, tezyurar va yo‘lovchi tashish toifasidagi poyezdlarning umumiy yoki plaskart vagonlarida — boshqa harbiy xizmatchilar.

    Oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli xizmat harbiy xizmatchilari, shuningdek, oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qo‘shimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.

    Oliy harbiy taʼlim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:

    • fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) — “kapitan”;
    • fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) — “mayor”;
    • professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan doktorlariga (DSc) — “podpolkovnik”.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 5-avgustdan kuchga kirgan.

    Bundan oldin Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bitimning asosiy maqsadi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish hisoblanadi.

    09.08.2023, 10:27   Izoh (0)   8980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda harbiy texnikalar va qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi belgilandi

    03.08.2023, 09:14

    Toshkentda Kia mashinasida narkokuryerlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi 

    09.08.2023, 10:22

    O‘zbekistonda hokimliklarga yuklatilgan vazifalar orasidan ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlari bekor qilinadi

    09.08.2023, 10:00

    Toshkentda Malibu-2 piyodani urib ketdi (video) 

    09.08.2023, 09:45

    Toshkentda 8 yoshli qizni o‘pib, uyatsiz harakatlar qilgan erkak ushlandi

    09.08.2023, 09:01

    Toshkentning to‘rt tumani hududida gaz, ikkitasida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    09.08.2023, 08:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20

    Tramp yong‘indan jabrlanganlarga ajratilgan 100 mln dollar yo‘qolgani haqida ma’lum qildi

    Dunyo | 26 iyul, 11:50

    “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ning 28 nafar mansabdori intizomiy javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 11:37

    “Barselona” yozgi transfer oynasida boshqa futbolchi xarid qilmaydi

    Sport | 26 iyul, 11:36

    K-pop yulduzi bo‘lish narxi qancha? Koreyalik mashhurlarning go‘zallik uchun qilingan jarrohlik amaliyotlari

    Shou-biznes | 26 iyul, 11:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.