Daryo

O‘zbekistonda harbiy texnikalar va qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi belgilandi

Litsenziyalovchi organ etib Mudofaa sanoati agentligi belgilandi

1 daqiqa o‘qish24 178 ko‘rishlar0 izoh1

Vazirlar Mahkamasining “Harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nizom quyidagi faoliyatlar uchun litsenziyalarni olish tartibini belgilaydi:

  • qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun;
  • bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun.

Hujjatga muvofiq:

  • litsenziyalovchi organ etib Mudofaa sanoati agentligi belgilangan;
  • litsenziya olish uchun ariza beruvchi-yuridik shaxs tegishli hujjatlar to‘plamini Agentlikka Davlat feldyegerlik xizmati orqali yuborishi lozim;
  • arizani ko‘rib chiqish muddati – 20 kun, ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori – BHMning 2 baravari, litsenziyani berish uchun – BHMning 5 baravari;
  • hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda agentlik komissiyasi litsenziya berish haqida qaror qabul qiladi;
  • litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 31-iyuldan kuchga kirgan.

Avvalroq O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston AQSHdan 8,5 million dollarga uchuvchisiz samolyotlar sotib olishi ma’lum bo‘lgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar