Rossiya Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish muhokamasi uchun ochiqligicha qolmoqda va haqiqatan ham jiddiy takliflarga javob berishga tayyor, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.
U bu haqida Jiddada bo‘lib o‘tgan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha uchrashuvni izohlay turib aytib o‘tgan.
“Biz Global Janubdagi do‘stlarimizning tinchlikka erishishga qaratilgan vositachilik va insonparvarlik tashabbuslarini yuqori baholaymiz. Rossiya bilan muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan va taqiqlagan Kiyev rejimidan farqli o‘laroq, biz muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun doimo ochiq bo‘lganmiz va shunday bo‘lib qolamiz. Mojaroni hal qilish uchun haqiqatan ham jiddiy takliflarga javob berishga tayyormiz. Faqat Rossiya ishtirokisiz va uning manfaatlarini hisobga olmasdan o‘tkaziladigan uchrashuvlar zarracha qiymatga ega bo‘lmasligini eslatib qo‘ymoqchimiz”, — deyiladi TIV saytidagi xabarda.
Shanba kuni Jiddada Ukraina bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda 30 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etdi. Rossiya bu yig‘ilishga taklif qilinmadi.
Izoh (0)