O‘zgidromet” 15—16-iyul kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari respublika hududining katta qismida harorat 33-38 daraja atrofida bo‘ladi, faqat ba’zi joylarda 39-40 darajaga yetadi.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)