Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,48 so‘mga tushib, 11 577,66 so‘mni tashkil qildi. Yevro 57,51 so‘mga oshib, 12 998,24 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,46 so‘mga pastlab, 128,20 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi tushib, 11 582,14 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl oshgandi.
Izoh (0)