Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,55 so‘mga ko‘tarilib, 11 488,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 61,50 so‘mga oshib, 12 518,60 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,73 so‘mga pastlab, 135,78 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 11 469,57 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham pastlagandi.
Izoh (0)