Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,70 so‘mga pastlab, 11 469,57 so‘mni tashkil qildi. Yevro 175,69 so‘mga tushib, 12 457,10 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,90 so‘mga pastlab, 136,51 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 482,27 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi oshgandi.
Izoh (0)