Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 23-iyun kuni g‘alla maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:33 da tumanning “Said ota” MFY hududidagi yo‘l yoqasida taxminan 15 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonda yong‘in yuzaga kelgan.
2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:56 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:10 da o‘rab olinib, 14:10 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
“Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dehqonlar, fermerlar va fuqarolardan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yong‘indan saqlash ishiga mas’uliyat bilan qarashni so‘raydi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Chinozda g‘alladan bo‘shagan uch gektar yerda yong‘in chiqqani, Toshkentda ko‘p qavatli binoda ko‘rpa sababli uy yonib ketgani xabar qilingandi.
Izoh (0)