Toshkent shahar Sergeli tumanida 18-iyun kuni yana katta yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. FVV holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Unga ko‘ra, 18-iyun kuni soat 20:06 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Bobur” MFY hududidagi taхminan 300 kv/m ochiq maydonda quruq o‘t va xashaklar yongan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:38 da o‘rab olingan va soat 20:42 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)