Toshkent viloyati Chinoz tumanida uch gektar yer yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Unga ko‘ra, 21-iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermerlar uyushmalarining biri hududida taxminan 3 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yongan. Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da yetib borib, yong‘in soat 21:15 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)