Samarqand shahrida 18-iyun kuni yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi . FVV holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Unga ko‘ra, 18-iyun kuni soat 21:10 da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Xishrav-2” qo‘rg‘oni hududidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:20 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:00 da o‘rab olingan va soat 22:18 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida qurilishda foydalaniladigan uskuna (opalubka) yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat hamda shahar FVB rahbar xodimlari chiqqan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)