O‘zbekiston Superligasining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Dinamo” — “Navbahor” uchrashuvi 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Hisobni 32-daqiqada mezbonlar futbolchisi Dmitriy Pletnev ochdi. Oradan bor-yo‘g‘i 4 daqiqa o‘tib, “Dinamo” yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, ustunlikni mustahkamladi — 2:0.
Ikkinchi bo‘lim boshida “Navbahor” hisobni qisqartirdi. Gol muallifi — Abbos G‘ulomov. 54-daqiqaga kelib, namanganliklar futbolchisi Ruslanbek Jiyanov muvozanatni tikladi — 2:2. O‘yinning qolgan qismi ham keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi, ammo hisob o‘zgarmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Mazkur natijadan so‘ng “Dinamo” ochkolarini 30 taga yetkazib, turnir jadvalining 5-pog‘onasiga joy oldi. “Navbahor” esa 27 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston Superligasi
16-tur
2-avgust, shanba
“Dinamo” — “Navbahor” 2:2
Gollar: 1:0 — Pletnev (32), 2:0 — Kucherenko (36), 2:1 — G‘ulomov (50), 2:2 — Jiyanov (54)
Izoh (0)