Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” (“Jiguli”) bilan uch nafar bolani urib yubordi.
Viloyat IIBB matbuot kotibining ma’lum qilishicha, voqea 19-iyun kuni soat taxminan 18:00 da, Toshkent—Qibray—May avtomobil yo‘lida yuz bergan. Mashinani mast holatda boshqargan S.J. (1991-yilda tug‘ilgan), rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning chap tomonida ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda 2009-yilda tug‘ilgan piyoda olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan, qolgan ikki nafari turli xil tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)