• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dializ — biz uchun hayot manbai”. Buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarning hikoyalari

    Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlaridan birida oldinlari buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar gemodializ olishda ko‘plab muammolarga duch kelganligini eslab o‘tdi:

    “Bundan olti-yetti yil oldin, afsuski, o‘n minglab bemorlar gemodializ, onko-gematologiya yordamidan foydalanish uchun kunlab, oylab navbat kutganlari, qanchasi bu xizmatlarga yetib bora olmagani achchiq haqiqat”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

    “Daryo” nashri bilan suhbatda Nephroplus gemodializ markazi shifokori Maxsetbay Matchanov ham bemorlarning soni yildan yilga ko‘payib borganligi, dializ apparatlar yetishmaganligi sabablar dializ muolajasi xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilmaganligini qayd etgan edi.

    Nukus shahridagi Nephroplus dializ markazi

    Foto: “Daryo”

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 va 2021-yildagi tegishli qarorlari bilan aholiga gemodializ yordamini ko‘rsatish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar ko‘rildi. 2016-yilda gemodializ markazlari soni 29 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning soni 60 dan oshgan. Gemodializ uskunalari 240 tadan 690 taga yetkazildi.

    Aholi salomatligini ta’minlash maqsadida prezident topshirig‘iga asosan O‘zbekistonning 4 ta hududida (Urganch, Nukus, Toshkent shaharlari va Xorazm viloyatidagi Bog‘ot tumani) davlat xususiy sherikchiligi asosida dializ markazlari qurilishi belgilandi. 2020-yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tenderda Hindistonning Nephroplus kompaniyasi g‘olib bo‘lgandi. Loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Osiyo taraqqiyot bankidan (OTB) moliyaviy ko‘mak olgan.

    "Daryo" nashri muxbiri ushbu klinikalarda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, dializ protsedurasini olayotgan buyrak yetishmovchiligi bemorlarining hikoyalarini tingladi.

    “Dializ markazlari bo‘lmagan paytida, bunday kasallik sababli vafot etganlarning soni ko‘p bo‘lardi. Endilikda sun’iy buyrak vazifasini bajaradigan ushbu qurilmalar ko‘pchilikning hayotini saqlab qolmoqda. Chunki ular tanamizdan suvni, zaharni chiqarib tashlaydi”, - deydi 60 yoshli Ahmed Matqurbonov.

    Ahmed Matqurbonov dializ jarayonida.
    Foto: “Daryo”

    Xorazm viloyatining Shovot tumanida istiqomat qiluvchi ushbu bemor Urganch shahridagi dializ markaziga qatnaydi. Buyrak yetishmovchiligi sabab 2 yildan beri dializ olib keladi.

    “Oldinlari dializni Respublika urologiya markazida olardik, ba’zida dializ olish uchun hattoki Toshkentga ham borib kelardik. O‘shanda bemorlar ko‘pligi uchun dializ apparatlari yetishmasdi. Hozir esa viloyatimizda ikkita 30 koykalik dializ markazlari bor”, — deydi u.

    Ahmed Matqurbonovning aytishicha, u har safar dializ olish uchun 45 km masofani bosib o‘tadi. “Boshqa uzoq tumanlardan ham qatnaydigan bemorlar bor, bizlarni birga olib ketishadi”.

    Surunkali nefritning yashirin formasi bilan og‘rigan nukuslik Gulsara Tagayevaning (59 yoshda) ikkala buyragi ham ishlamaydi, shu sababli bir yildan beri dializ olib kelmoqda. Uning aytishicha, Nukusdagi dializ markaziga ham Qoraqalpog‘istondagi uzoq hududlardan, Xo‘jayli, Chimboy tumanlaridan ham bemorlar kelishadi, chunki u yerlarda dializ yo‘q.

    “Oldinlari dializ markazlari bo‘lmagan vaqtda dializ olish uchun ertalabdan borib navbat olishimiz kerak bo‘lardi, soatlab navbat kutilardi. Hozir esa hammaga yetarlicha koykalar bor, dializ jadvallari tashkil etilgan”, – deb eslaydi oldingi holatni nukuslik bemor.

    2013-yildan beri buyrak yetishmovchiligi bilan kurashadigan 42 yoshlik Dana Isayevaning ushbu kasallik sababli 3 marotaba homilasi nobud bo‘lgan. U avvallari 3 ta taksini almashtirib, Xonqa tumanidan Urganch shahrigacha borib kelganligini aytadi. Unga yaqinroq bo‘lgan Bog‘ot tumanida ham dializ markazi ochilgach, Dana Isayeva endilikda u yerga qatnamoqda.

    “Dializ olishdan oldin 8 marotaba Hindistonga borib, davolanib kelganman. Dori bilan yurganimda, shishib ketdim hamda qornim va o‘pkamda suv yig‘ilib qoldi. O‘pkamning bir tomonini ochishganda esa 100 kg dan 50 kg gacha ozib ketdim. Ahvolim o‘ladigan darajaga yetgandek edi, hattoki hamma mendan rozilik olishni boshladi”.

    Dana Isayeva dializ jarayonida.
    Foto: “Daryo”

    Avvallari dializ apparatlari yetishmovchiligi sababli bitta dializ muolajasi faqat 2 yoki 3 soat davom etardi. Lekin xalqaro standartlarga muvofiq buyrak yetishmovchiligi bemorlari haftasiga 3 marotaba 4 soatlik dializ muolajasini olishlari kerak. Yangi dializ markazlaridagi bemorlarning aytishicha, endilikda ular aynan xalqaro standartlarga muvofiq 4 soat dializ olishmoqda.

    Xususan, shovotlik Ahmed Matqurbonov oldinlari ahvoli og‘irlashgan paytda, yonida ikkita odamsiz yura olmaganligini, yotib-turishi, ovqatlanishi og‘ir kechganligini ta’kidlaydi. “Dializ olishni boshlaganimdan beri ishtaham ancha yaxshilandi, o‘zimni yana sog‘lom his qilishni boshladim. Bu yerda bizga juda yaxshi g‘amxo‘rlik qilishyapti”, — deydi u.

    Nukuslik Gulsara Tagayeva esa dializ olishga birdaniga ko‘nmaganligini qayd etdi: “Dializ olishdan oldin kuchsiz va holsiz edim, ishtaham yo‘qolgan edi. Bir oy to‘shakka mixlanib yotdim, o‘zim yaxshi bo‘lib ketaman, deb o‘ylardim. Oxiri dializ olishga rozi bo‘ldim. Hozir ahvolim oldingidan ancha yaxshi”.

    Xonqalik bemor Dana Isayevaning ta’kidlashicha 2 yoki 3 soat dializ olgan paytlari qon bosimi 200 dan oshib ketgan holatlari ham bo‘lgan. “Dializni to‘liq standartlar bo‘yicha olishni boshlaganimdan keyin, kundalik hayotga qaytdim, deya olaman: to‘ylarga boraman, hattoki bankalar ham yopaman, xullas o‘zimni yana yaxshi his qilishni boshladim. Meni ko‘rgan odam 1-guruh nogironi deb ham o‘ylamasa kerak. Qizim o‘qishda bo‘lgan paytda nabiramga ham borib qarayman”.

    “Oldin biz dializ oladigan joyda hamma narsa pullik edi, yangi dializ markazlarida esa hammasi bepul, har bir bemorga bittadan hamshira biriktirilgan, diyetamizga ham alohida e’tibor berib, nima yeyish mumkinligi va nima mumkin emasligi bo‘yicha yo‘riqnomalar berishadi”, — deydi Dana Isayeva. Shovotlik Ahmed Matqurbonov ham muolajalar uchun kerakli dori-darmonlar markazlarda bepul berilayotganligiga alohida to‘xtaldi. 

    Foto: “Daryo”
    “Xuddi suv hayot manbai bo‘lgani kabi biz uchun dializ hayot manbai, bu xuddi bir mo‘jiza kabi narsa. Chunki odamlarning umri uzoqroq bo‘lishiga xizmat qilyapti”, — deydi Ahmed Matqurbonov.

    “Dializ 4 soat davom etadigan protsedura. Qiynalsam ham, lekin yashash uchun chidashim kerak, deb o‘zimni-o‘zim ruhan tayyorlayman, hayotim shunga bog‘liq bo‘lib turibdi. Yaqinlarim yordam berishadi. Bunday holatda kimningdir qo‘llab-quvvatlashi vaziyatni ancha osonlashtiradi, qo‘shimcha ishonch beradi. Dializ bo‘lmaganda qattiq qiynalardik”, — deydi Gulsara Tagayeva.

    “Shu dializ borki, men tirik yuribman. Qo‘rqmasdan suv ichaman, ovqat yeyman, chunki ertaga organizmimni dializ apparati tozalashini bilaman. Dializ olib tinch hayot kechiramiz, busiz bizga hayot yo‘q. Dializ jarayonida qiyinchiliklar bor, lekin u tugagach o‘zimga ishonch bilan hayot uchun yana kurashni davom ettiraman. O‘zim ancha og‘ir ahvoldan chiqib ketganim sababli, ruhiyati tushib ketgan yangi kasallarni ko‘rsam, ularning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilaman”, — deya ta’kidlaydi Dana Isayeva.

    22.06.2023, 19:20   Izoh (0)   10783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda. Biroq ular sotuvda yo‘q

    22.06.2023, 18:46

    “Ma’lumot shoshma-shosharlik bilan tayyorlangan”. Samarqandda IIB xodimlari raqqosalarni OITS testi topshirishga majburlagani rad etildi

    22.06.2023, 17:22

    “Ovozi, po‘stlog‘i va rangiga e’tibor berish kerak”. Tarvuz mazali ekanini qanday bilsa bo‘ladi?

    22.06.2023, 17:16

    Toshkentdagi transformatorlarning 37 foizi 40 yildan beri ishlayotgani maʼlum qilindi

    22.06.2023, 16:55

    Qashqadaryoda MIB xodimlari homilador ayolga kuch ishlatgani aytildi. MIBchilar esa holat aksi bo‘lganini bildirmoqda

    22.06.2023, 16:18

    O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi 

    22.06.2023, 16:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20

    Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 14:53

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.