O‘zbekistonda 2022-yilgi qabuldan boshlab nodavlat OTMlar uchun ham 1 000 ta davlat granti ajratilishi boshlangan. Bu yilgi kvotalar to‘g‘risidagi prezident farmoyishida ham nodavlat universitet va institutlar uchun 1 000 ta grant o‘rni ajratilishi belgilangan, deb xabar bermoqda “Ta’lim nazorati” Telegram kanali.

Bu o‘rinlar OTMlar o‘rtasida qanday taqsimlanadi?
Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTMlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi va 1-iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi saytida e’lon qilinishi kerak.
Xususiy OTMlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar va grant olishni istaganlar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.
Izoh (0)