Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim hududlar kuchli shamol esishi natijasida elektr energiyasidan uzildi. Energetika vazirligi holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, ushbu viloyatlarda kuchli shamol esishi natijasida soat 17:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida o‘chirildi. Buning natijasida:
- Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshku va G‘ijduvon tumanlaridagi jami 6 000 ta iste‘molchining;
- Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlaridagi jami 23 560 ta iste‘molchining elektr ta‘minotida uzilish bo‘lmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta‘minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste‘molchilardan uzr so‘ralgan.
Izoh (0)