Dog‘istonning “Domalogika” kompaniyasi O‘zbekistonga uran qazib olish uchun o‘lchash datchiklari yetkazib bermoqchi, deya xabar bermoqda Spot.uz.
Qayd etilishicha, kompaniya O‘zbekistonning “Energopribor” kompaniyasi bilan Dog‘istonda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 3,5 million dollardan ortiq summaga shartnoma imzolagan.
“Ushbu kelishuv sanksiyalar bosimiga qaramay, Rossiyada ishlab chiqarilgan tovarlar eksporti va yetkazib berish yo‘nalishini qayta yo‘naltirish doirasida juda dolzarbdir”, — deyiladi mintaqa eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi xabarida.
“Domalogika” bosh direktori Xasay Yusupanovning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma Dog‘iston eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi ko‘magida imzolangan.
“Biz uran qazib oluvchi korxona uchun chuqur gidrostatik datchiklar, shuningdek, avtomatlashtirilgan relelarni yetkazib beramiz”, — deydi Yusupanova.
Izoh (0)