• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Finlyandiya infoxurujlar bilan qanday kurashmoqda?

    “Daryo” kolumnisti Dilshod Nurulloh finlar o‘lkasining mamlakatda sog‘lom axborot muhitini yaratish, aholining umumiy mediasavodxonligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini o‘rgandi. Quyida ana shu mavzuga bag‘ishlangan materialni e'tiboringizga havola qilamiz.

    “Odatda to‘rt-beshta treningchi chaqirilib, 10-15 kishilik auditoriyaga nimadir o‘tiladi. Keyin uni rasmiy manbalar, davlat telekommunikatsiya vositalari 2-3 daqiqalik lavhada, shapaloqdek matnda va hokazo shaklda tarqatadi. Biz — ko‘pchilikning mediasavodxonlik deganda tushunadiganimiz shu. 

    Sun’iy intellekt yadro qurolidan xatarli ekanligi ta’kidlanyapti, yerning qaysidir ovloqlarida axborot orqali manqurtlashtirishga qaratilgan ochiq laboratoriyalar ishlayapti, qidiruv tizimlari allaqachon nima o‘ylayotganingizni biladi, taqiqlangan diniy resurslarga obuna bo‘lish yoki “Odnoklassniki”da qaysidir cho‘qqisoqolga layk bosish — materiallarni tarqatish, deb hisoblanishidan xabari bo‘lmay umrini xazon qilayotganlar qancha. Afsuski.

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

    Ushbuni yozish uchun finlar o‘lkasining mamlakatda sog‘lom axborot muhitini yaratish, aholining umumiy mediasavodxonligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini o‘rganib xulosa qilganim shu bo‘ldi — biz hali dahshatli darajada xotirjammiz. 

    Qrim anneksiyasi, prezident murojaati va ommaviy “emlash” 

    Yaqinda Bolgariyaning Sofiya shahridagi “Ochiq jamiyat” instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Finlyandiya Yevropadagi 41 davlat orasida dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Bu — ketma-ket beshinchi e’tirof. Bejizga emas. 

    Finlyandiya hukumati 2013 yildayoq mediata’lim sohasidagi milliy maqsadlarini ishlab chiqqan. 2014 yilda, Kremlning faol targ‘ibot kampaniyasi hamda Qrim anneksiyasi fonida mamlakatda  aholini dezinformatsiyaga qarshi “emlash” siyosati yanada kuchaydi. Prezident Sauli Niinistyo fin xalqiga murojaat qilib, barchani yolg‘on axborot bilan kurashda mas’uliyatni bo‘yniga olishga chaqirdi. Ta’lim tizimi to‘liq isloh qilindi va o‘qitishda asosiy urg‘u — tanqidiy fikrlashga qaratildi. 

    "Bu faqat hukumatning emas, butun jamiyat muammosi, - deydi Bosh vazirning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Yussi Toyvonen,  “CNN”ga bergan intervyusida. —  Ha, davlat qarab turmaydi, albatta, ammo fin demokratiyasini himoya qilish — shu zaminda yashayotgan har bir insonning vazifasi. Ya’ni, bizda soxta axborotlarga qarshilik fuqaro muhofazasi sifatida qaraladi.  Himoyaning birinchi liniyasini esa bog‘cha tarbiyachilari tashkil etadi". 

    O‘qitish metodi va o‘qituvchi mas’uliyati

    Finlyandiyada mediasavodxonlik — maktabgacha ta’limdan boshlab qamrab olinadigan bazaviy o‘quv dasturining asosiy qismi hisoblanadi.  Unga ko‘ra, har bir o‘qituvchi, u bog‘cha tarbiyachisi bo‘ladimi yoki maktabda matematika, geografiya, hatto jismoniy tarbiyadan dars o‘tadimi, o‘z predmetiga mediasavodxonlikni tatbiq etishga majbur. 

    Boshqacha aytganda, matematika soatida o‘quvchilarga statistika bilan odamlarni qanday aldash mumkinligi o‘rgatilsa, tarix darsida ular o‘tmishdagi mashhur targ‘ibot kampaniyalarini tahlil qiladi. Ona tilidan kiradigan o‘qituvchi bolalarga ularning hislarini o‘ynaydigan, chalg‘itadigan atamalar haqida tushuncha bersa,  biologiya fanida ustoz o‘quvchilar bilan birga “vaksina” so‘zini tadqiq etadi, qidiruv algoritmi bu so‘zga qanday reaksiya berishi, nima uchun birinchi chiqarilgan ma’lumot hamisha ham to‘g‘ri bo‘lavermasligini muhokama qiladi. Zo‘r-a? 

    Bundan tashqari, Finlyandiya milliy audiovizual instituti direktori, mamlakatda mediata’limga mas’ul birinchi shaxs Leo Pekkalaning qayd etishicha, o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab ijtimoiy tarmoqlar algoritmining manipulyatsion texnologiyalari, mamlakatda onlayn kontentni tartibga soluvchi qonunlarni o‘zlashtiradi.

    "16 yillik tajribamdan kelib chiqib aytamanki, yoshlarda o‘qiyotganini anglash ko‘nikmasi yomonlashgan, - deydi Xelsinkidagi o‘rta maktab o‘qituvchisi Mari Uusitalo. – Bu ularning ko‘p vaqtini o‘yinlar, qisqa videolar bilan o‘tkazayotgani tufayli. Mutolaa madaniyati va diqqat tanqisligining pasayishi aldanishga moyillikni kuchaytiradi. Bizning vazifamiz ularning har bir axborotga nisbatan o‘z nuqtai-nazarini shakllantirish uchun vositalar berishdan iborat".

    “No wikipedia”, “No censor” va raqamli detektivlar

    Tan olaylik, ko‘p davlatlarda (shu jumladan bizda) uncha-muncha o‘qimishli odam ham dezinformatsiya bilan mizinformasyaining farqini aytib berishga qiynaladi. Ammo Finlyandiyada unday emas. Bu yerda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi ham bu borada sizga dars o‘tishi mumkin.

    "Bolalarga “feyk axborot” atamasi uch qism: dezinformatsiya (qasddan tarqatilgan yolg‘on), mizinformatsiya (o‘sha yolg‘onni ishonib, boshqalarga ulashish) va malinformatsiyaga (kimnidir tahqirlashga qaratilgan xabar) bo‘lib o‘rgatiladi, — deydi  Xelsinki davlat kolleji o‘qituvchisi Kari Kivinen “The Guardian” nashriga bergan intervyusida. — Ularga shunisi qulay. Chunki, bolaga raqamli detektiv bo‘lish yoqadi. Buning ustiga o‘quvchilarni haqiqiy siyosatchi yoki jurnalistlardan  intervyu olish, siyosiy bahslar yoki maktab doirasidagi saylovlar o‘tkazish, bu kabi tadbirlar haqida hisobotlar tayyorlashga jalb qila olsangiz, demokratiya va unga bo‘lgan tahdidlar bolalar uchun ahamiyat kasb etishni boshlaydi".

    Kivinenning aytishcha, axborotni tekshirishda birinchi qoida — darrov Vikipediyaga yugurmaslik, aksincha, uch-to‘rt turli va ishonchli manbalar bilan solishtirish. “Muammo shundaki, bugun istagan odam xohlaganini yozyapti. Hukumat Google yoki Facebook kabi mediagigantlar bilan kurashda ko‘p narsa qila olmaydi, agar bunga intilsa senzura paydo bo‘ladi. Shunday ekan, ta’lim  — eng samarali chora”, - deydi u.

    Katta avlod qayg‘usi

    Yosh avloddan farqli ravishda keksalar sun’iy intellekt yoki algoritmlar nayranglarini yaxshi bilmaydi. Shuning uchun virtual hayotda ular ko‘proq aldanadi,turli manipulyatsion xurujlar nishoniga aylanadi. 

    Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiyada 45-54 yosh orasidagi aholining 100 foizi, 55-64 yosh orasidagi aholining 97 foizi, 65-74 yosh toifasidagi fuqarolarning 85 foizi internetdan foydalanadi hamda har kuni ular ko‘rayotgan axborotning 50-60 foizini feyk yoki manipulyatsion kontent tashkil etadi. 

    Shundan bo‘lsa kerak, fin hukumati kattalarda ham yolg‘on, chalg‘ituvchi axborotga qarshi immunitet shakllantirish choralarini ko‘rmoqda.  Deylik, bugungi kunda mamlakatdagi kutubxonalardan yoshi katta fuqarolar mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan markazlar sifatida foydalanilyapti. 

    Bundan tashqari, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan SeniorSurf tashkiloti 65 yosh va undan kattalar uchun individual raqamli savodxonlik kurslari tashkil etish bilan shug‘ullanadi. 2022 yilda yuzlab keksalar uchun 15 ming soatdan ko‘proq bepul media kurslar o‘tkazilgan.

    “Yo‘qotadiganimiz bor”

    Finlyandiyada ommaviy mediasavodxonlik targ‘ibotiga yo‘naltirilgan 24 soatlik Yle teleradiokanali (Transport va telekommunikatsiyalar vazirligiga qarashli) hamda Faktabaari — faktlarni tekshirish xizmati (portal) faoliyat yuritadi. Ularda dezinformatsiyaning turli ko‘rinishlari, konsepsiyasini tushuntiruvchi materiallar, ko‘rsatuvlar, onlayn kontentning soxta yoki qonuniy ekanini aniqlashga qaratilgan vositalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.  

    Shuningdek, NNTlar ham juda faol skandinavlarda. Masalan, qisman Finlyandiya ta’lim va madaniyat vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan Mediametka mustaqil nodavlat tashkiloti mediata’lim sohasida xakatonlar tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni, mamlakatning sara dasturchi va yosh kashfiyotchilar maktab hamda bog‘chalar uchun eng yaxshi startap loyihalar yaratish bo‘yicha bellashadi. 

    Mamlakatda amalga oshirilayotgan yuqoridagi sa’y-harakatlardan bo‘lsa kerak, dunyoning ko‘p joylarida an’anaviy OAVga ishonch susayotgan bir paytda Finlyandiyada aksincha kuchli hududiy matbuot saqlanib qolayotir.

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

    Jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan Gallup tashkilotining bu yilgi hisobotida ham skandinavlar ommaviy axborot vositalariga ishonch reytingida ishtirokchilarning 76 foiz ovozi bilan peshqadam bo‘ldi (taqqoslash uchun, AQSHda bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil etgan). Bu finlar axborot olishda muqobil manbalar — ijtimoiy tarmoqlardan ko‘ra, OAVni afzal biladi, degani. 

    "Umuman, bizda aholining jamiyatga, ommaviy axborot vositalariga ishonchi boshqa mamlakatlarga nisbatan juda baland, — deydi Finlyandiya “Ochiq jamiyati” assosiatsiyasi raisi Mikko Salo. — Ammo bu bizni xotirjam qilolmaydi. Aksincha, kurashning keyingi bosqichiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Chunki bizning yo‘qotadiganimiz bor". Xulosa qilaylik.

    Dilshod Nurulloh

    14.06.2023, 20:55   Izoh (0)   8128
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiya 40 ming aholiga mo‘ljallangan avtonom suzuvchi shahar quradi 

    14.06.2023, 20:12

    Turkiyaning eng qimmat brendi ma’lum qilindi 

    14.06.2023, 20:05

    AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 16-iyun kuni Xitoyga tashrif buyuradi

    14.06.2023, 19:59

    Rossiyada o‘zbekistonlik erkak kaltaklangan holda topildi 

    14.06.2023, 19:52

    Kuvayt salkam 400 mln dollarga Bayraktar dronlarini sotib oldi

    14.06.2023, 19:46

    Qirg‘izistonda barcha maoshlarni bank kartalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

    14.06.2023, 19:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gentrani zinadan tushirib haydagan yigitga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:40

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    O‘zbekistonda maishiy chiqindilarning bor-yo‘g‘i 5 foizi qayta ishlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:30

    Belgiya qurollanish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari qurishga 7,3 mlrd yevro sarflaydi

    Dunyo | 14 avgust, 20:30

    Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonliklar AQSH va Turkiyadan topildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:20

    Euronews Chust pichoqlari haqidagi lavhani tasvirga oldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:10

    Toshkentda yo‘l taʼmirchilariga xavfsiz sharoit yaratilmagani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:01

    Nega Kerem Byursin va Hande Erchel endi hech qachon birga suratga tushmaydi va bunga kim aybdor?

    Kino | 14 avgust, 19:55

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.