Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi cherkovi hududidan kaltaklangan holda topildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 13-iyun kuni Pargolovodagi Karernaya ko‘chasiga ertalab soat uchlarda tez yordam chaqirilgan. Boshi qonga belangan odam cherkovdan 3-sonli shahar kasalxonasiga olib ketilgan. Uning yonida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi nomiga hujjatlar topilgan.
Kasalxonada erkakning boshida og‘ir jarohatlari borligi aniqlangan. Uning ahvoli o‘rta og‘ir deb baholanmoqda. Hozirda erkakning kaltaklanishi tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)