AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 16–21-iyun kunlari Xitoy va Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning chorshanba kuni tarqatilgan bayonotida aytiladi.
“AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 16–21-iyun kunlari Pekin (Xitoy Xalq Respublikasi) va Londonga (Buyuk Britaniya) tashrif buyuradi”, — deyiladi hujjatda.
Pekinda Blinken yuqori martabali Xitoy rasmiylari bilan uchrashadi va “AQSH—Xitoy munosabatlarini mas’uliyatli boshqarish uchun aloqa liniyalarini saqlab qolish muhimligini” muhokama qiladi.
Shuningdek, Davlat kotibi Xitoy vakillari bilan muloqot chog‘ida “ikki tomonlama manfaatdor bo‘lgan, mintaqaviy va global ahamiyatga molik masalalar hamda umumiy transmilliy muammolarni hal qilish bo‘yicha potentsial hamkorlik” masalalariga to‘xtalib o‘tish niyatida.
Izoh (0)